Kontent qismiga oʻtish

Moravia Alberto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alberto Moravia
Alberto Pinkerle

Moravianing Paolo Monti tomonidan olingan tasviri 1982
Tavalludi 28-noyabr 1907[1][2]
Vafoti 26-sentyabr 1990[1][2]
Fuqaroligi Italiya[3]

MORAVIA (Moravia) Alberto (taxallusi; ismi Pinkerle) (1907.28.11, Rim) — italyan yozuvchisi va jurnalisti.Uning asarlarida ijtimoiy jinsiy aloqa,insonlar orasidagi munosabatlarning uzoqlashuvi, ekzistensializm masalalari yoritilgan. Moravianing birinchi "Beparvolar" romaniyoq, unga shuxrat keltirgan, unda italyan xalqining (jamiyatining) fashizm diktaturasi davridagi ruhiyati va axloqiy kechinmalarining haroblashuvi (real) aniq, aks ettirilgan. Fashizmga qarshi oppozitsiyada boʻlganligi uchun kuzatuv ostida boʻlgan. U oʻzining urushdan keyingi roman va asarlarida Italiyaning burjua hayotini, uning ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aniq koʻrsatib bergan. "Rimlik qiz" (1947), "Nafrat" (1954), "Chochara" (1957), "Men va u" (1971) kabi romanlar hamda "Rim hikoyalari" (1954), "Yangi Rim hikoyalari" (1959), "Jannat" (1970) toʻplamlari muallifi.[4]

Moravia o'zi bir marta ta'kidlaganidek, uning hayotidagi eng muhim voqealar sil kasalligiga chalinishi va Italiyada sodir bo'lgan fashizmdir. Chunki ikkala voqea ham hayoti davomida qattiq azoblanishiga sabab bo'lgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil