Meizhoudagi yoʻlning qulashi (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Meizhoudagi yoʻlning qulashi
Sana2024-yil, 1-may
JoylashuvMeizhou, Guandun, Xitoy
TuriYoʻl qulashi
Halok boʻlganlar48
Jarohatlangan(lar)~30

Meilong trassasidagi qulash — 2024-yil 1-may kuni mahalliy vaqt bilan Xitoyning Meizhou shahrida, taxminan, 02:10 da sodir boʻlgan halokatli hodisa. Hodisa natijada 48 kishi halok boʻldi[1] va yana 30 kishi jarohatlandi[2]. Hodisa Meilong katta trassasida Futszyan yoʻnalishida, K11 dan taxminan 900 metr uzoqlikda, Guandun provinsiyasining Meizhou shahrida sodir boʻlgan[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trassa yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meilong yoʻli Meijiang tumanini Guangdong provinsiyasining Meychjou shahridagi Dabu okrugi bilan bogʻlaydigan avtomobil yoʻlidir. Yoʻlning voqea sodir boʻlgan qismi 2014-yil 31-dekabrda foydalanishga topshirilgan Meilong ekspress yoʻlining bir qismidir. Loyihaning qurilishi ham, rekonstruksiyasi ham Guangdong Communications Group kompaniyasi tomonidan boshqariladi.

2023-yil 1-aprel kuni Meilong ekspress yoʻli kuchli yomgʻir tufayli qulab tushgan edi. Hech kim jabrlanmagan boʻlsada, 9-may soat 24:00 ga qadar qatnov toʻxtatilgan edi.

Ob-havo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hodisadan oldin Guangdongda kuchli yogʻingarchilik kuzatilgan edi. Oʻsha kuni Guangdongning koʻplab hududlari meteorologik ofat haqida ogohlantirishlar eʼlon qilgan. 1-may kuni soat 08:19 holatiga koʻra, viloyat boʻylab 41 marta yomgʻir, 48 marta momaqaldiroq va shamol va 5 marta doʻl haqida ogohlantirish berilgan.

Aprel oyida Meychjouda bir necha marta kuchli yogʻingarchilik sodir boʻldi va bu oy rekord natija qayd etgan edi. 1-apreldan 30-aprelgacha Dabu okrugiga 628,2 millimetr yogʻingarchilik boʻldi, bu oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori, 228,4 millimetrdan 2,75 baravar yuqori. Meteorologik nazoratlar shuni koʻrsatdiki, 30-aprel ertalab soat 8:00 dan 1-may ertalab 8:00 gacha Dabu okrugida yogʻingarchilik miqdori oʻrtacha 48,9 millimetr va maksimal 66,1 millimetrni tashkil etdi.

30-aprel kuni Guangdong provinsiyasi transport departamentining xabarnomasida aytilishicha, davomli kuchli yogʻingarchilik tufayli Guangdongdagi ayrim avtomagistrallar hamda boshqa katta va kichik yoʻllarga ham shikast yetgab.

Yoʻqotishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻlning zararlangan qismi uzunligi, taxminan, 17,9 metrni, maydoni esa taxminan 184,3 kvadrat metrni tashkil etdi[4].

Soat 14:00 holatiga koʻra, 2-may kuni 23 ta mashina hodisa sodir boʻlgan joyda qamalib qolgan, natijada 48 kishi halok boʻlgan va 30 kishi jarohatlangan. Aksariyat avtomobillar loyga koʻmilgan, baʼzi mashinalar esa yonib ketgan[5]. Jarohatlangan 30 kishining koʻpchiligi suyak jarohati, bosh jarohati va oʻpka siqilishidan aziyat chekkani aniqlangan. Yigirma sakkiz nafari Meizhou xalq kasalaxonasida, ikki nafari Dabu xalq kasalxonasida davolanishga olib borilgan[6].

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hodisa kelib chiqishiga doir anoq sabablar keltirilmagan. Dastlabki taxminlarga koʻra, bu geologik tuzilish, suv eroziyasi, qurilish sifati va boshqa omillar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

1-may kuni Guangdong provinsiyasi va Meizhou munitsipaliteti avariyadan qutqaruv operatsiyasi uchun qoʻmondonlik shtabini tuzdi. Voqea joyida qutqaruv ishlariga jamoat xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yongʻin, sogʻliqni saqlash, transport va kon-qutqaruv otryadlarining 500dan ortiq xodimlari safarbar etilgan. Guangdong provinsiyasi Xitoy Kommunistik partiyasi qoʻmitasi kotibi Huang Kunming ikkita video orqali yigʻilish oʻtkazib, koʻrsatmalar berdi. Guangdong provinsiyasi gubernatori Van Veychun favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini boshqarish uchun falokat joyiga zudlik bilan yetib kelgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Highway collapse kills dozens in southern China“. CNN.com (2024-yil 2-may). Qaraldi: 2024-yil 3-may.
  2. Dong, Joy; Bradsher, Keith „Expressway Collapses in Southern China Amid Heavy Rains, Killing 36“. The New York Times (2024-yil 1-may). Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  3. „China highway collapse: Death toll rises to over 40 – DW – 05/02/2024“ (en). dw.com. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  4. „广东梅大高速发生路面塌方事故 造成19人死亡-中新网“ (zh). www.chinanews.com.cn. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  5. „截至2日下午2时,梅大高速茶阳路段发生塌方灾害致48人死亡_南方网“ (zh). news.southcn.com. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  6. 新浪新闻综合 „梅大高速塌方灾害伤者情况如何?省市医疗专家披露救治详情“ (zh). news.sina.com.cn (2024-yil 2-may). Qaraldi: 2024-yil 4-may.