Mavlono Ayoniy I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Ayoniy I (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mashhad zurafolaridan ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:

Nakard az giryai zori man afgʻon hechgah yore

Ki, bar afgʻoni zori u nakardam giryavu zori.

(Mazmuni: Yor hech qachon mening zor-zor yigʻlaganimdan figʻon chekkani yoʻq,

Chunki men uning figʻoni uchun zor-zor yigʻlamagan edim)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.