Mashrab Kimsanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mashrab Kimsanov
Tavalludi 17-avgust 1955-yil
Vafoti 2-may 2024-yil(2024-05-02)
(68 yoshda)
Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi kinoaktyor, rejissyor
Turmush oʻrtogʻi Adolat Kimsanova
Mukofotlari

Mashrab Turonovich Kimsanov (1955-yil 17-avgust, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR — 2024-yil 2-may, Oʻzbekiston) — oʻzbek kinoaktyori, Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artist.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashrab Kimsanov 1955-yil 17-avgust kuni Fargʻonada tavalud topgan[1][2][3]. 1983-yilda S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan[4][5]. 1976-—1979-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissyor assistenti, 1983—1986-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi aktyori, 1986-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi qoshidagi Kinoaktyor eksperimental teatr-studiyasi aktori sifatida faoliyat olib borgan[1][6]. Rejissyor sifatida „Togʻlik kuyov“[7] va „Besh qismat“ nomli filmlarni suratga olgan[8].

Umrining oxirgi yillarda aktyor ogʻir xastalikni boshidan kechirgan, toʻrt marta insult boʻlib, toʻrtinchi insultdan keyin toʻshakka mixlanib qolgan[9][10][11]. Uzoq davom etgan xastalik tufayli aktyor 2024-yil 2-may kuni vafot etdi[2][6][11].

Mashrab Kimsanov 1999-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov vafot etdi“. kun.uz (2024-yil 2-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  2. 2,0 2,1 „Скончался известный актёр Машраб Кимсанов“ (rus tilida). gazeta.uz (2024-yil 2-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  3. „Mashrab Kimsanov“ (ingliz tilida). imdb.com. 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  4. „Кимсанов Машраб Туранович“ (rus tilida). kino-cccp.net. 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  5. „Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov vafot etdi“. bugun.uz (2024-yil 2-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  6. 6,0 6,1 „Машраб Кимсанов“ (rus tilida). kino-teatr.ru. 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  7. „Taniqli va isteʼdodli kinoaktyor Mashrab Kimsanov vafot etdi“. yuz.uz (2024-yil 2-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  8. „Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi“. daryo.uz (2024-yil 2-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  9. „На 69-м году жизни скончался заслуженный артист Узбекистана Машраб Кимсанов“ (rus tilida). uznews.uz (2024-yil 2-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  10. „Ушел из жизни заслуженный артист Узбекистана Машраб Кимсанов“ (rus tilida). repost.uz. 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  11. 11,0 11,1 „Kinoaktyor Mashrab Kimsanov vafot etdi“. qalampir.uz (2024-yil 2-may). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.