Leonard Seppala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leonard Seppala
Tavalludi 1877-yil 14-sentabr
Vafoti 1967-yil 28-yanvar
Sietl, Vashington, AQSh
Fuqaroligi Norvegiya va AQSh
Kasbi sayohatchi, baliqchi, ovchi

Leonard Seppala (norv.: Leonard Seppala) — mashhur norveg-amerikalik itlar qoʻshilgan chana poygachisi, kinolog. „Buyuk mehr-shavqat poygasi“[1] (1925) paytida eng muhim rolni oʻynagan, iti Togo boshchiligidagi itlar qoʻshilgan chanada 425 kmlik rekord masofani bosib oʻtgan. Shu bilan birgalikda 1932-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida kumush medal sohibiga aylangan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seppala Tromsyoda, shimoliy Norvegiyada tugʻilgan[2][3]. U Isak Isaksen Seppala (Shvetsiyada tugʻilgan) va Anna Xenrikke Xenriksdatterlarning (fin-shved ildizlarga ega) toʻngʻich farzandi boʻlgan. Swppala 2 yoshligida oilasi qoʻshni Shervyoy munitsepolitetiga qarashli Troms okrugiga koʻchib oʻtadi. Uning otasi Shervyoda temirchi va bir vaqtda baliqchi boʻlib ishlaganida Leonard otasiga shogirt tushadi. Biroq 1900-yilda, Nomdagi oltin vasvasasi davrida Leonard Alyaskaga emigratsiya qiladi. Uning doʻsti Jaret Lindeberg Alyaskadan qaytganda uni oʻzining kompaniyasida ishlashga koʻndirgan edi[4].

Alyaskadagi dastlabki yili Leonard Lindeberg kompaniyasida itlar qoʻshilgan chanalar haydovchisi sifatida ishlay boshlaydi. U oʻzining eng birinchi bosib oʻtgan masofasidan bu ishni sevib qoladi va butun umri davomida ushbu hodisani aniq esda saqlab qoladi. Boshqa chana egalari 30 milya (48 km) masofasini uzoq yoʻl deb bilgan paytda Seppala bir kunda oʻrtacha 50dan (80 km) 100 milyagacha (160 km) bosib oʻtardi. U kuniga 12 soatgacha ishlagan.

Poygachilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1913-yilda Seppala oʻzining ilk poygachi itlarini sovgʻa sifatida qabul qilib oladi. Uning doʻsti va Pioneer Mining kompaniyasi boshligʻi Lindeberg tadqiqotchi Roald Amundsenga sovgʻa sifatida Sibirdan kuchuk bolalarini olib keladi. U Amundsen kuchuklarni Shimoliy qutbga sayohatida foydalanadi deb oʻylagan edi. Seppala itlarni dressirovka qiliishni boshlaydi. Itlarlar Nomga kelganidan bir necha hafta oʻtib Amundsen oʻz sayohatini qoldirganidan soʻng Lindeberg kuchuklarni Seppalaga sovgʻa qiladi.

Seppala 1914-yilda oʻzining ilk poygasi, All Alaska Sweepstakesda qatnashishga qaror qiladi. Uning oʻzi ham, itlarining yoʻlboshchisi Saggen ham xatarli yoʻlni bilmas edi va toʻsatdan yuz bergan qor toʻfonidan soʻng itlar yoʻlni yoʻqotib qoʻyishadi va oʻlim xavfi ostida qolishadi. Toʻfon toʻxtagandan soʻng Seppala oʻz jamoasi bilan jarlik yoqasiga kelib qolganini payqaydi. Uning baxtiga itlar jarlikka 20 fut qolganida toʻxtashadi. Lekin uning koʻpchilik itlarining oyoqlari jarohat oladi, muzlab qoladi. Seppala oʻzining itlari vafodorligini suisteʼmol qilganligini tushunib yetadi va poygadan chiqadi.

Seppalaning poygachilik faoliyati keyingi yili, 1915-yilda, Akyaskaning barcha totalizatorlarida boshlanadi. Seppala va Skotti Allan asosiy raqiblar edi. Poyganing 4-kunida Leonard Allanni 2 soatga ortda qoldiradi va marraga 1-boʻlib yetib keladi[5]. U keyingi 2 yil davomida poygalarda gʻolib boʻlishda davom etadi. Keyinchalik itlar poygasi bilan shugʻullanadi barcha Alyaska totalizatorlari 1983-yilgacha toʻxtatiladi[6].

Buyuk mehr-shavqat poygasidagi oʻrni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marshrut Velikoy Gonki 1925-yil qishda Seppalaning shahri Nomda difteriya kasalligi avj oladi. Oldin ushbu kasallikdan kasallanmagan bolalar va kattalar ushbu infeksiyadan vafot etish xavfi ostida qoladi. Seppalaning yagona farzandi — 8 yoshli qizi Sigrid ham xavf ostida qoladi. Mavjud yagona davo difteriyaga qarshi antioksin vaksina edi. Ammo Nomdagi vaksinalarning muddati oʻtgan edi. Oxirgi 20 yillikdagi eng sovuq qishda shaharga vaksina olib kelishning yagona yoʻli bu — itlar qoʻshilgan chanalar edi. Vaksinani shaharga etzroq yetkazib kelish uchun tTajribali poygachilardan iborat guruh estafetasi tashkil etiladi va Seppala (yoʻlboshlovchi iti Togo bilan) yoʻlning eng qiyin qismiga mas’ul edi. Vaksina Nenana shahriga poyezdda olib kelinadi, u yerdan esa it qoʻshilgan chanalar estafetasi orqali Nomga joʻnatiladi. Estafetaning komandalari Nulatoda uchrashishlari kerak edi. Nenanadan Nomgacha butun masofa 674 milyani tashkil etardi va Seppala ushbu masofaning 400 milyasini bosib oʻtishi kerak edi. Seppalaning yoʻli Norton boʻgʻozi orqali oʻtadigan, masofani qisqartirishi mumkin boʻlgan, lekin oʻta xatarli hududni ham oʻz ichiga olardi. Estafetadagi eng tajribali poygachi sifatida Seppala ushbu tavakkalga qoʻl urishi va boʻgʻozdan oʻtishga harakat qilib koʻrishiga kelishib olinadi. Shu orqali estafeta qatnashchilari 1 kunlik masofani qisqartirishar edi. Seppala ushbu ishni amalga oshiradi va vaksinani Nomga yetib borishida asosiy rolni oʻynaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Salisbury, Gay; Laney Salisbury. The Cruelest Miles: The Heroic Story of Dogs and Men in a Race Against an Epidemic. W.W. Norton & Company, 2003. ISBN 978-0-393-01962-9. 
  2. U. S. Passport Applications, 1795-1925
  3. U. S., World War II Draft Registration Cards, 1942
  4. „Leonhard Seppala“. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
  5. Photo: Winners of the Eighth All Alaska Sweepstakes from Alaskaʼs Digital Archives
  6. Nome Kennel Club. „2008 All Alaska Sweepstakes Media Guide“. 2012-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Beyer, Rick, The Greatest Stories Never Told (Harper, 2003) ISBN 0-06-001401-6
  • Ricker, Elizabeth Miller, Seppala: Alaskan Dog Driver (Boston: Little, Brown, and Company. 1930)