Kxasi
Kxasi — Hindiston (Megxalaya shtatida) va Bangladesh bilan qoʻshni rayonlarda yashovchi xalq. Umumiy soni 860 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari, jumladan, Hindistonda 770 ming kishi). Kxasi tilida soʻzlashadi. Dindorlarining yarmi xristian-protestantlar, qolganlari hinduizm va anʼanaviy eʼtiqodlarga sigʻinadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |