Jurnalistika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jurnalistika — ijtimoiy faoliyat turi. Bu faoliyat egalari (jurnalistlar) ijtimoiy dolzarb axborotlarni toʻplash, tahlil qilish va ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari va boshqalar) orqali tarqatish bilan shugʻullanadi. Jurnalistika – bu “kun yangiliklari” bo‘lgan va jamiyatni hech bo‘lmaganda ma’lum darajada aniqlik bilan xabardor qiladigan voqealar, faktlar, g‘oyalar va odamlarning o‘zaro ta’siri to‘g‘risidagi xabarlarni tayyorlash va tarqatishdir. So'z, kasb, ma'lumot to'plash usullari va adabiy uslublarni tashkil qilish uchun qo'llaniladi. Jurnalistika ommaviy targʻibot va tashviqot shakllaridan biri. Jurnalistlar o'zlarining ko'p kuchlarini asosiy manbalar bilan ishlashga bag'ishlaydilar, tadqiqot ishi yoki boshqa badiiy bo'lmagan maqolalar tez-tez ensiklopediya, ilmiy maqola yoki boshqa ikkinchi yoki uchinchi manbalarga murojaat qilishlari mumkin. Jurnalist o‘z hikoyasini tadqiq qilib, yozayotganda, ko‘pincha odamlar boshdan kechirgan narsalar haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun siyosatchilardan tortib oddiy fuqarogacha bo‘lgan bir qancha shaxslardan intervyu oladi va jurnalistlar o‘z hikoyalarini rag‘batlantiradi va shakllantiradi. Jurnalistikaning xususiyati, maqsadi jamiyatning ijtimoiy tabiatiga bogʻliq. Jurnalistika atamasi dastlab jurnallar majmuyiga, keyinchalik barcha davriy nashrlarga nisbatan qoʻllanilgan. Endilikda jurnalistika iborasi jurnalistika faoliyati mahsulini, shu bilan bogʻliq kasblar majmuini, shuningdek, shu sohaga oid taʼlimni va fan tarmogʻini ham anglatadi. Jurnalistika faoliyati tarkibiga matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari, hujjatli kino va boshqalar kiradi.

Jurnalistika tizimidagi axborot vositalari ommaning kundalik dolzarb ijtimoiy va maxsus axborotga boʻlgan ehtiyojini krshshrishda asosan publitsistikata tayanadi, shuningdek, muhim ijtimoiy masalalarni talqin qiluvchi ilmiy, badiiy va boshqa asarlardan ham foydalanadi. Jurnalistika tizimidagi axborot vositalari oʻz faoliyatida maʼlum davriylikka va tezkorlikka amal qiladi.

Internet va smartfonlarning keng tarqalishi 21-asr boshidan buyon media landshaftiga sezilarli o'zgarishlar olib keldi. Bu bosma ommaviy axborot vositalarini iste'mol qilishda siljishni yaratdi, chunki odamlar gazetalar, jurnallar yoki televizion yangiliklar kanallarining an'anaviy formatlaridan farqli o'laroq, elektron o'quvchilar, smartfonlar va boshqa shaxsiy elektron qurilmalar orqali yangiliklarni tobora ko'proq iste'mol qilmoqdalar. Yangilik tashkilotlari o'zlarining raqamli qanotlarini to'liq monetizatsiya qilishlari, shuningdek, bosma nashrlarda nashr etayotgan kontekstni improvizatsiya qilishlari kerak. Gazetalar bosma daromadlar raqamli daromadlarning o'sish sur'atlariga qaraganda tezroq pasayganini ko'rishdi.

Axborotni toʻplash, tahlil qilish va tarqatishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy faoliyatning dastlabki kurtaklari qadim-qadimda paydo boʻlgan. Odamlarni ijtimoiy turmushda sodir boʻlayotgan voqealardan xabardor qilish, ularga axborot vositasida maʼlum gʻoyaviy-ruhiy taʼsir oʻtkazish turli shakl va usullarda namoyon boʻlgan. Ogʻzaki axborot notiqlar, jarchilar tomonidan yetkazilgan. Yozma maʼlumotlar esa, masalan, Qadimgi Misrda papiruslarga bitilib, tarqatilgan. Qadimgi Rimda eʼlonlardan, qoʻlyozmalardan foydalanilgan.

Hozirgi davr jurnaistikasi dastlab XVII asr boshidagi ilk davriy bosma nashrlar qiyofasida yuzaga kelgan. XIX asrning 2-yarmi va XX asrda fotografiya hamda kinematografiyannng kashf qilinishi tufayli foto va kinojurnalistika tashkil topdi. XX asrning 20-yillaridan eʼtiboran radiotexnika yutuklari asosida radiojurnalistika taraqqiy qila boshladi, 40-yillarlarda esa telejurnalistika maydonga keldi.

Ommaviy axborot paydo bo'lishi va rivojlanishi bilan umumiy saviyasi va kasbiy mahorati yuksak jurnalistlarga ehtiyoj kuchaya bordi. Ana shu ehtiyoj taqozosi turli mamlakatlarda maxsus jurnalistik taʼlimini yuzaga keltirdi. Jurnalistikaning siyosiy yoʻnalishi jihatidan birbiridan farq qiluvchi bir nechta turi tarkib topdi, faoliyatning ijtimoiy hayotdagi oʻrni va vazifasiga doyr turlicha qarashlar yuzaga keldi. Chunonchi, kommunistik jurnalistika faoliyatiga partiyaviylik, sinfiylik asos qilib olindi. Bu hol koʻp hollarda umuminsoniy maʼnoda axborot sohasida inson haq-huquqlari va erkinliklarining cheklanishiga, qoʻpol ravishda poymol qilinishiga olib keldi.

Jurnalistika, gazetalar, jurnallar, kitoblar, bloglar, veb-ko'rsatuvlar, podkastlar, ijtimoiy tarmoqlar va ijtimoiy media saytlari, elektron pochta kabi bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali yangiliklar va tegishli sharhlar va badiiy materiallarni to'plash, tayyorlash va tarqatish radio, kino va televidenie orqali. Jurnalistika so'zi dastlab bosma shaklda, xususan, gazetalarda dolzarb voqealarni reportaj qilish uchun qo'llanilgan, ammo 20-asrda radio, televidenie va Internet paydo bo'lishi bilan atamaning qo'llanilishi barcha bosma va elektron aloqalarni o'z ichiga olgan holda kengaytirildi.

Jurnalistika taraqqiyoti qator omillarga bogʻliq boʻlib, siyosiy erkinliklar, birinchi galda, matbuot erkinligi bu omillar orasida alohida oʻrin egallaydi. Matbuot erkinligi demokratik jamiyat rivojining zaruriy sharti hisoblanadi. Jurnalistika erkin faoliyat sharoitidagina jamiyat aʼzolarini xolis va haqqoniy axborot bilan taʼminlay oladi, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzini vositachi sifatida namoyon etadi.

Oʻzbekistonda jurnalistika XIX asrning 2-yarmida paydo bo'ldi. Uning tarixi Toshkentda chiqarilgan "Turkestanskiye vedomosti" va "Turkiston viloyatining gazeta" kabi rasmiy davriy nashrlardan boshlanadi. XX asrning 1- va 2-oʻn yilligida Oʻzbekistonda asosiy eʼtiborni milliy taraqqiyotni taʼminlashga qodir maʼrifatli insonlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan xususiy milliy gazeta va jurnallar ("Taraqqiy", "Xurshid", "Sadoi Turkiston", "Samarqand", "Oyina" va boshqalar) ham faoliyat koʻrsatdi. Shoʻro tuzumi davrida Oʻzbekistonda davriy matbuot tarmogʻi respublika, viloyat va tuman miqyosida chiqadigan umumsiyosiy va tarmoq gazetalari, shuningdek, yangi jurnallar hisobiga kengaydi, ayni paytda Oʻzbekistonda radiojurnalistika va telejurnalistika ham tarkib topdi. Lekin bular mustabid tuzum koʻzlagan siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy maqsadlarga xizmat qilishga mahkum edi.

Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, respublika jurnalistikasi demokratik bosqichga qadam qoʻydi va jamiyatni demokratik tarzda yangilash, huquqiy demokratik davlat barpo qilishga koʻmaklashayotgan yangi tizim shakllana boshladi. 1997-yilda "Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida", "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish toʻgʻrisida", "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yilning 26-fevralida "Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" gi qarori eʼlon qilindi. Mazkur hujjatlar respublikamizda jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda dunyo andozalari darajasiga koʻtarish yoʻlida gʻoyat muhim ahamiyatga egadir. Shundan beri oʻtgan vakt mobaynida bu qonunlar va qarorni amalga oshirish yoʻlida ancha ishlar qilindi. Istiklol tufayli respublika jurnalistlarining ijtimoiy hayot voqea va hodisalarini tahlil qilish va yoritishga yondashuvi ham tubdan oʻzgardi. Endilikda jurnalistlar ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish va yoritishda ilmiy bilimlarga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, xalqaro hamjamiyat eʼtirof etgan umumdemokratik qoidalarga tayanmoqda.

Jurnalistika tizimining shakllanish jarayonida respublikada jurnalist ixtisosi boʻyicha maxsus oliy taʼlimga ham asos solindi. 1949-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakulteti qoshida oliy maʼlumotli jurnalistlar tayyorlaydigan maxsus boʻlim tashkil qilindi. Bu boʻlim 1967-yilda mustaqil fakultetga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan (1996-yil 26-aprel) "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist" faxriy unvoni taʼsis etildi. Oliy maʼlumotli jurnalistlar OʻzMUdan tashqari, Nukus davlat universitetida, shuningdek, Oʻzbekiston jahon tillari universiteti hamda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ham tayyorlanadi. 1997-yildan OʻzR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida jurnalistlarni qayta tayyorlash Xalqaro ijtimoiy markazi faoliyat koʻrsatadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Cherepaxov M. S, Problemi teorii publitsistiki, M., 1973; Matbuotimiz fidoyilari [3 jildli; tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi 3. I. Yesenboyev], 1—2j.lar, T., 1991, 1993; Pidayev T., Matbuot — millat chirogʻi, T., 1999; Sulaymonov I., Men— jurnalistman, T., 2001.

Tohir Pidayev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. https://owl.purdue.edu/ 3. ournals.sagepub.com

4. https://www.britannica.com/