Kontent qismiga oʻtish

Humo Arena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Humo Arena
Toʻliq nomi «Humo Arena» muz majmuasi
Qachon qurilgan mart 2019
Qachon ochilgan 15 mart 2019
Yuzasi muz
Bosh pudratchi Wind Rose
Hajmi 12 500

Humo Arena – Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahridagi yirik koʻp funksiyali sport-koʻngilochar majmuasi va muz saroyi sanaladi. Shaharning markaziy qismida, Chilonzor tumanida, Afrosiyob va Beshyogʻoch koʻchalari kesishgan joyda qad rostlagan.

Imkoniyati boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik muz saroyi, MDHdagi Belarus „Minsk-Arena“dan keyingi ikkinchisi.

Bu Toshkentning bir qancha xokkey klublarining uy arenasi: „Humo“, „Binokor“, „Semurg“ va „Toshkent“.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Humo arena

Qurilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muz saroyi qurilishi rejalari haqida ilk bor Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 24-noyabr kuni 2016-yilgi saylovoldi tashviqoti doirasida Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashuvi chogʻida omma oldida maʼlum qilgan edi. Sport inshooti „Oʻqchi“ mahallasida joylashishi taxmin qilingan edi[1]. Biroq keyinchalik uning hududi „Tashkent Sity“ xalqaro biznes markaziga berildi.

20172021-yillarga moʻljallangan yosh avlod salohiyatini roʻyobga chiqarishni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida mazkur obektni qurish tashabbusi bilan 2017-yilda Shavkat Mirziyoyev allaqachon davlat rahbari boʻlgan edi.

Qurilish 2017-yil iyul oyi oxirida boshlangan. Dastlab „Humo Arena“ 2018-yil dekabr oyida ochilishi rejalashtirilgan edi, biroq dekabr oyi oxirida qurilayotgan muz majmuasi yaqinida qurilayotgan avtoturargoh joyida yongʻin chiqib, qurilish materiallari ham yonib ketadi. Shundan soʻng ochilish Navroʻz bayrami arafasida mart oyiga koʻchirildi.

Ochilish marosimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 15-mart kuni Oʻzbekiston Prezidenti va Xalqaro xokkey federasiyasi prezidenti Rene Fasel ishtirokida „Humo Arena“ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Taklif etilgan sanʼatkorlar Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan hamda oʻzbek shou-biznesi va estrada vakillaridan tashkil topgan edi. Shuningdek, Pavel Bure, Valeriy Kamenskiy, Vitaliy Proxorov, Aleksey Jamnov, Aleksandr Yakushev ishtirok etgan sovet va Rossiya xokkey yulduzlaridan iborat milliy terma jamoa bilan Oʻzbekiston yosh xokkeychilari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ochilishda Tatyana Navka va Pyotr Chernishev ham ishtirok etishdi, ular „Shelkunchik“ musiqiy baletini namoyish etishdi[2][3].

Maqsad va vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaratilish jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Humo Arena“ning meʼmoriy gʻoyasi Oʻzbekistonda umumiy sevgi, baxt va erkinlik ramzi boʻlgan afsonaviy Humo qushining surati boʻlib, qush qanotidan arena binosining oʻzi va piyodalar yoʻlaklarining shaklida yaratilgan. Yashil maydonlar, qirgʻoq va tematik meʼmoriy hududlari majmuaning meʼmoriy gʻoyasiga muvofiq qurilgan.

Humo Arena yirik koʻp funksiyali sport majmuasining bir qismidir. Asosiy muz arenasi 12500 kishini sigʻdira oladi va asosan shaybali xokkey oʻyinlari uchun (bundan tashqari toʻpli xokkey uchun ham) moʻljallangan. Asosiy muz arenasida imkoniyati cheklanganlar uchun qulayliklar, faxriy mehmonlar uchun uchta VIP-quti, shuningdek, sigʻimi 14 dan 22 gacha boʻlgan 34 ta VIP-qutilar mavjud. Zal sport tadbiriga qarab tartib va oʻrindiqlar sonini oʻzgartirish imkoniyatiga ega[4][5] .

„Humo“ klubining OXL chempionatidagi ilk oʻyini. Humo Arena, 2019-yil 11-sentabr.

Kichik mashgʻulot muz arenasi 200 kishini sigʻdira oladi. Bundan tashqari, „Humo Arena“da sportchilar uchun bir nechta kiyim almashtirish xonalari, uchta sport va trenajyor zali, fitnes markazi, sport muzeyi, restoran, kafe va arenaga qarashli sport-bar, matbuot markazi, matbuot-anjumani zali, qoʻshimcha yordamchi xonalar va maydonlar, sport jihozlari doʻkonlari, oʻquv va koʻngilochar bolalar zonasi, boshqa sport va koʻngilochar ob’yektlar mavjud. Majmuaga tutash hududda toʻrt qavatli avtomobillar uchun toʻxtash joyi, dam olish joylari[4][5][6]. Asosiy va kichik arenalarning konki maydonlarining oʻlchamlari Olimpiya standartiga mos keladi (60 × 30 m).

Humo Arenada shuningdek, snoubordchilar va togʻ changʻi sportchilar uchun real sharoitlarga imkon qadar yaqin boʻlgan ikkita changʻi simulyatori mavjud[7].

Yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta va kichik arenalar asosan shaybali va toʻpli xokkey boʻyicha musobaqalar oʻtkazish uchun moʻljallangan, ammo bu arenalarda figurali uchish, short-trek, kyorling boʻyicha musobaqalar va turnirlar oʻtkazish uchun imkoniyat va sharoitlar ham mavjud[5].

Asosiy arenani basketbol, voleybol, gandbol va mini-futbol kabi jamoaviy sport tadbirlari, shuningdek, boks, MMA ((UFC), kurash, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, karate, taekvondo, muay-tay va yakkakurashning boshqa turlari boʻyicha turnir va janglar oʻtkaziladigan joy boʻgani bois zal 14 ming nafar kishiga moʻljallangan. Shuningdek, „Humo Arena“ konsert, shou, bayram tadbirlari oʻtkazish imkoniyatiga ega[5].

Kichkina arenada butun yil davomida konkida uchish uzluksiz faoliyatini olib boradi[8].

Bezatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majmua yoʻlaklari muallif rassom Bobur Ismoilovning pannolari bilan bezatilgan.

Alisher Navoiyning „Lison-ut-tayr – Qushlar tili“ nomli allegorik dostoni musavvirni Humo qushiga yoʻl oʻtadigan yetti vodiy: Izlanish, Muhabbat, Bilim, Befarqlik, Birlik, Sarosim, Ajralish vodiysi timsoli boʻlgan yetti freska yaratishga ilhomlantirgan. „Vodiylar boʻylab sayohat“ majmua qurilishining boshida qoʻyilgan toshli panel bilan yakunlanadi.

„Humo Arena“ foyesiga GAZ-13 va GAZ-14 „Chayka“ avtomobillari oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Памятник Каримову, кольцевая электричка и другие проекты: Мирзиёев о будущем Ташкента“ (2016-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 20-oktyabr.
  2. „Ледовый дворец «Хумо Арена» открылся в Ташкенте. Там появится команда КХЛ“ (ru). sport24.ru. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  3. „КХЛ в Узбекистане – это реально?“ (ru). «Спорт-Экспресс». Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  4. 4,0 4,1 „Арены“ (ru). humoarena.com. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Большая арена“ (ru). humoarena.com. 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  6. „Инфраструктура“ (ru). humoarena.com. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  7. „Лыжный симулятор“ (ru). humoarena.com. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.
  8. „Тренировочная арена“ (ru). humoarena.com. 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-mart.