Halab xalqaro aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleppo International Airport
مطار حلب الدولي
Matar Halab al-Duwaliyy
IATA kodi: ALPICAO kodi: OSAP
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Suriya hukumati
Operator Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi
Xizmat doirasi Halab, Suriya
Havo yoʻli tuguni *Syrian Air
Dengiz sathidan balandligi 1,276 ft / 389 m
Koordinatalari 36°10′50″N 37°13′27″E / 36.18056°N 37.22417°E / 36.18056; 37.22417 G O
Vebsayti aleppo-airport.com
Xarita
ALP/OSAP (Suriya)
ALP/OSAP
Aeroportning Suriya xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
09/27 3,110 9,547 Asfalt
Manba: DAFIF[1][2]

Halab xalqaro aeroporti (arabcha: مطار حلب الدولي) (IATA: ALPICAO: OSAP) Suriyaning Halab shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Aeroport Syrian Air va Cham Wings aviakompaniyalari uchun ikkilamchi havo tuguni hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Groupe de Chasse I/7 ning Morane-Saulnier MS.406 qiruvchilari bilan birgalikdagi Avstraliya jangchilari Suriya kampaniyasi paytida Halab-Nayrab aerodromida, 1941-yil iyul.
1941-yil iyun oyida Halab aerodromida Moran-Saulnier MS.406s oldida avstraliyalik askarlar.

Aeroportning tarixi 20-asr boshlarida Fransiya mandati davrida boshlangan. 1924-yilda KLM Royal Dutch Airlines birinchi parvozini Amsterdamdan Halab aeroporti orqali Gollandiya Sharqiy Hindistonning Bataviya shahriga amalga oshirdi[3][lower-alpha 1]. Aeroport bir necha yillar davomida takomillashtirildi va 1999-yilgacha yangi terminal ishga tushirildi[4].

Suriya fuqarolar urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil yanvarda Suriya fuqarolar urushi ortida obyekt yopildi[5], biroq Suriya armiyasi hududda oʻz nazoratini oʻrnatgandan keyin 2014-yil 22-yanvarda aeroport qisqa vaqt ichida ochildi va bir yildan keyin oʻzining ilk fuqarolik parvozini kutib oldi (parvozlar 2012-yil dekabrda toʻxtatilgan edi). Bu reysda shaharga xorijiy jurnalistlar olib kelindi[6].

Halab jangi paytida aeroport yaqinidagi rus askarlari.

Suriya hukumati Halab jangi chogʻida Halabning sharqiy qismini qaytarib olgandan soʻng, toʻrt yil ichida birinchi marta aeroportdan samolyot oʻz parvozini amalga oshirdi. 2017-yilning 5-yanvarida amalga oshirilgan parvoz, aeroportning jamoatchilikka toʻliq ochilishidan oldin hukumatning sinov urinishi edi.

2020-yil 17-fevralda Suriya transport vaziri Ali Hammud aeroportda fuqarolik reyslari qayta boshlashini, Damashqdan Halabga birinchi reys 19-fevralga rejalashtirilganini va tez orada Qohiraga qoʻshimcha yoʻnalish ochishini maʼlum qildi[7]. 2020-yil 1-mart kuni aeroport Bahor qalqoni operatsiyasi chogʻida Turkiyaning uchuvchisiz uchoqlari va artilleriya zarbalari nishoniga olindi[8].

Suriyadagi fuqarolar urushi sababli sakkiz yillik tanaffusdan soʻng, parvozlar 2020-yil 19-fevralda qayta tiklandi, birinchi reys Damashq xalqaro aeroportidan boshlandi[9]. 2021-yilning 15-yanvarida Bayrut va Erbilga rejali reyslar COVID-19 pandemiyasi tufayli tanaffusdan keyin qayta tiklandi[10].

Isroil havo hujumlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil iyunda Damashq xalqaro aeroporti Isroil tomonidan bombalanishi ortidan Cham Wings aviakompaniyasining barcha reyslari Halabga yoʻnaltirildi[11].

6-sentyabr kuni Isroil havo kuchlarining jangovar samolyotlari Oʻrta yer dengizi yoʻnalishidan, Loziqiya gʻarbida joylashgan aeroportga havo-yer raketalari bilan zarba berib, uchish-qoʻnish yoʻlagiga zarar yetkazdi va uni ishdan chiqardi[12].

2023[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilning 7-martida Isroil havo hujumlari Eronning ehtimoliy qurol-yarogʻlarini oʻtkazishga qaratilgan operatsiya mobaynida aeroportga zarba berdi. Suriya transport vazirligi fevraldagi zilziladan keyin Idlib muhofazasiga gumanitar yordam yetkazilishi „Isroil agressiyasi“dan soʻng Damashq va Loziqiya aeroportlariga yoʻnaltirilishini aytdi[13]. Oʻsha oyning oxirida, 22-mart kuni Isroil olti oy ichida uchinchi marta aeroportga raketa uchirdi[14]. 1-may kuni Isroil havo hujumi natijasida harbiy aeroportdagi oʻq-dorilar ombori nishonga olindi, bir suriyalik askar halok boʻldi va yetti kishi, jumladan, ikki tinch aholi ham yaralandi[15]. 28-avgust kuni Isroilning yana bir havo hujumi aeroportga urildi, natijada uchish-qoʻnish yoʻlagi shikastlandi va aeroport keyingi kungacha yopildi[16][17].

12-oktyabr kuni Isroil–Hamas urushi bilan bir vaqtda chegaradan oʻtgan toʻqnashuvlar paytida Isroil Halab va Damashq aeroportlariga katta raketa hujumi uyushtirdi, bu ularning uchish-qoʻnish yoʻlaklariga zarar yetkazdi va vaqtincha yopib qoʻydi[18][19]. Ikki kundan soʻng, Isroil aeroportni dengiz yoʻnalishidan, Loziqiyaning gʻarbiy qismida qayta nishonga oldi, bu esa uni yana ishdan chiqardi[20]. 22-oktyabrda Halab va Damashq aeroportlariga bir vaqtning oʻzida zarba berildi, bu ikki hafta ichida uchinchi hujum boʻldi[21].

2024[tahrir | manbasini tahrirlash]

28-mart kuni yarim tundan keyin Isroil tomonidan Halab xalqaro aeroporti yaqinidagi Jibrin shahridagi qurol omboriga uyushtirilgan havo hujumi natijasida Suriyaning 36 askari va Hizbullohning 6 jangarisi halok boʻldi[22].

Infratuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Halab xalqaro aeroportida zamonaviy va islom meʼmorchiligini oʻzida mujassam etgan zamonaviy terminal mavjud. Umumiy maydoni 38 000 kvadrat metr, toʻrt qavatdan iborat. Aeroportning sigʻimi yiliga 1,7 million yoʻlovchini tashkil etadi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviakompaniya Manzillar
Cham Wings Airlines Abu-Dabi, LivanBayrut[23], Damashq, Kuvayt[24], Yerevan[25], Sharja
FlyBaghdad Erbil
Mahan Air Tehron-Imom Xumayniy
Syrian Air LivanBayrut

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Keyinchalik parvoz 1929-yilda muntazam reysga aylandi va Ikkinchi jahon urushi tufayli toʻxtab qoldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Airport information for OSAP“. World Aero Data. 2019-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Data current as of October 2006. Source: DAFIF.
  2. Aeroport haqida ALP Great Circle Mapper'da. Source: DAFIF (effective October 2006).
  3. „1924 - Dutch Aviation“. dutch-aviation.nl.
  4. Aleppo Int. Airport Historical Overview (Wayback Machine saytida 9 October 2017 sanasida arxivlangan)
  5. Aleppo airport reopens after a year: Syria state media (Wayback Machine saytida 17 October 2014 sanasida arxivlangan) The Daily Star, 22 January 2014
  6. This is your captain: Weʼll shortly be arriving at Syriaʼs most dangerous city CNN, 23 January 2014
  7. „Syrian forces consolidate control of Aleppo, air strikes under way“. Reuters (2020-yil 17-fevral). Qaraldi: 2020-yil 17-fevral.
  8. „الطائرات التركية المسيرة والمدفعية التابعة لها تتناوب على استهداف قوات النظام في حماة وإدلب وحلب بشكل هستيري“. SOHR (2020-yil mart). Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
  9. „After more than eight-year hiatus, Aleppo International Airport receives first flight coming from Damascus“. Syrian Arab News Agency (2020-yil 19-fevral). Qaraldi: 2020-yil 20-fevral.
  10. „Syria's Aleppo International Airport seeks direct flights with Moscow“. TASS (2021-yil 5-aprel).
  11. Sarah Dadouch.. „Syria says Damascus airport operations suspended after Israeli strikes“ (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  12. „Israeli air attack damages Syria's Aleppo airport, takes it out of service“. Reuters (2022-yil 6-sentyabr).
  13. „Syria says Israeli air raid takes Aleppo airport out of service“. Al Jazeera (2023-yil 7-mart).
  14. „Israel launches missile attack on Syria's Aleppo airport: Gov't“. Al Jazeera (2023-yil 22-mart).
  15. „Israel launches deadly air raid on Aleppo airport: media“. Al Jazeera (2023-yil 1-may).
  16. „Aleppo airport out of service after Israeli air attack: State media“. Al Jazeera (2023-yil 28-avgust).
  17. „Syria's Aleppo airport to resume operations following air strike -ministry“ (en). Reuters (2023-yil 29-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  18. „Syria says Damascus and Aleppo airports hit by Israeli missiles“. BBC News (2023-yil 12-oktyabr).
  19. „Syria says Israeli missiles hit Damascus, Aleppo airports“ (en). Reuters (2023-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  20. „Israeli attack on Syrian Aleppo airport puts it out of service“. Reuters (2023-yil 14-oktyabr).
  21. „Syria says Israel hit Damascus, Aleppo airports again amid Gaza bombing“. Al Jazeera (2023-yil 22-oktyabr).
  22. „Syria accuses Israel after strikes kill more than 40 near Aleppo“. BBC (2024-yil 29-mart).
  23. „First plane arrives in Aleppo airport from Beirut“. Syrian Arab News Agency (2020-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
  24. „اعتباراً من3 حزيران القادم… أجنحة الشام تشغل رحلتين أسبوعياً بين حلب والكويت“ (ar). Syrian Arab News Agency (2022-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 31-may.
  25. „First regular Syian external flight from Yerevan arrives in Aleppo International Airport“. Syrian Arab News Agency (2020-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Halab