Gladys Kalema-Zikusoka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dr. Gladys Kalema-Zikusoka
Tavalludi 8-yanvar 1970-yil
Uganda
Taʼlimi Qirollik veterinariya kolleji
(Veterinariya tibbiyoti bakalavri)
Shimoliy Karolina shtat universiteti
(Veterinariya fanlari magistri)
Duke universiteti
(Notijorat tashkilotlar menejmenti sertifikati)
Nomaʼlum universitet
(Bisnez-marketing boʻyicha magistr)
Mashhur ishlari Togʻ gorillalarini oʻrganish, asrash
Mukofotlari Whitley mukofoti (BB) (2009)
EarthCare Mukofoti (AQSh) (2018)
Yer chempioni (BMT) (2021)
Edinburgh Medali (BB) (2022)

Gladys Kalema-Zikusoka (1970-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — ugandalik veterinar va Afrikada yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan togʻ gorillalari, yovvoyi tabiat, odamlar va chorva mollarining birgalikda yashashiga yoʻnaltirilgan „Mahalliy aholi salomatligi orqali tabiatni muhofaza qilish“ tashkiloti asoschisi[1].

Kalema-Zikusoka Ugandaning yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha birinchi veterinariya xodimi boʻlgan va u haqida BBC tomonidan "Afrikalik veterinar Gladys" hujjatli filmi suratga olingan[2]. 2009-yilda tabiatni muhofaza qilish boʻyicha ishlari uchun Whitley mukofotiga sazovor boʻlgan[3]. 2021-yil dekabr oyida u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturining Yagona salomatlik tashabbusi bilan olib borgan faoliyati uchun fan va innovatsiyalar boʻyicha Yer chempioni deb eʼlon qilindi[4].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kampalada 12 yoshidan boshlab hayvonlarga qiziqqan Kalema-Zikusoka oʻz maktabida yovvoyi tabiat klubini ochib Qirolicha Yelizaveta milliy bogʻiga sayohatlar uyushtirgan[5]. Uning professional taʼlimi u London Universiteti Qirollik veterinariya kollejida oʻqish uchun stipendiya yutib, veterinariya tibbiyoti boʻyicha bakalavriatni tamomlagandan soʻng boshlandi. Keyinchalik, 2003-yilda u Shimoliy Karolina shtat universitetida veterinariya fanlari magistri darajasini oldi. Shuningdek, u Duke universitetidan notijorat tashkilotlarni boshqarish boʻyicha sertifikat ham olgan. Uning eng soʻnggi akademik yutugʻi 2016-yilda olingan biznes boshqaruvi boʻyicha magistrlik darajasi boʻlgan[5][6].

Kalema-Zikusoka tadbirkor va Mahalliy aholi salomatligi orqali tabiatni muhofaza qilish tashkiloti asoschilaridan biri Lourens Zikusoka bilan turmush qurgan. Ularning ikki farzandi bor[5].

Professional yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yilda Kalema-Zikusoka 25 yoshida Uganda yovvoyi tabiat xizmatiga veterinariya xodimi etib tayinlandi. Keyinchalik bu tashkilot Ugandaning milliy bogʻlari bilan birlashib, Uganda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boshqarmasiga aylandi. U bu lavozimni egallagan birinchi odam edi. Oʻsha paytda Bwindi gorillalarining soni 300 ga yaqin boʻlgan boʻlsa, 2018-yilda bu sonning taxminan 460 taga yetishi bu turni butunlay yoʻqolib ketish xavfidagi statusidan yoʻqolib ketish ehtimolidagi turga tushirish uchun yetarli edi[7]. Kalema-Zikusoka Ugandadagi fuqarolar urushlari davridagi brakonerlikdan soʻng Uganda milliy bogʻlarini qayta tiklash uchun birinchi marta yovvoyi tabiatni koʻchirib oʻtkazish ishini amalga oshirdi[8].

Veterinariya tadqiqotlari doirasida u parazitlarning odamlardan togʻ gorillalariga oʻtishini gorillalar uchun muhim xavf omili sifatida aniqladi[9].

Gorillalarga zarar yetkazishi yoki oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan inson kasalliklarining yuqish yoʻllarini koʻrsatganidan soʻng, Gladys Kalema-Zikusoka, Lawrence Zikusoka va Stephen Rubanga Afrikada ham insonlar salomatligi, ham ekologik salomatlikni yaxshilash uchun Mahalliy aholi salomatligi orqali tabiatni muhofaza qilish tashkilotiga asos soldi[5]. Bu tashkilot — Uganda va AQShda joylashgan notijorat tashkilot boʻlib, gorillalar va boshqa yovvoyi tabiatni odamlar va chorva kasalliklari xavfidan himoya qiluvchi, hayvonot dunyosi yaqinidagi odamlar va chorva kasalliklarini kamaytiradigan dasturlarni amalga oshiradi va mahalliy rivojlanishga yordam berish va odamlarni atrof-muhit haqida maʼlumot berish uchun Axborot/Kommunikatsion Texnologiyalardan foydalanadi. Kalema-Zikusoka tashkilotning bosh direktori hisoblanadi[5].

Mahalliy aholi salomatligi orqali tabiatni muhofaza qilish tashkiloti 2003-yilda tashkil etilgan. 2015-yilda tashkilot Gorilla Conservation Coffee (Gorillalarni asrash qahvasi) deb nomlangan dasturni yaratdi. Ushbu dasturga koʻra, notijorat tashkilot aholining Arabica kofe hosili uchun xalqaro bozor narxlarini olishda yordam berish orqali ularning turmush darajasini yaxshilaydi. Daromadning oshishi bilan yaqin atrofdagi aholining kasallanishi kamayadi. Natijada, bu hududda yashovchi gorillalarga kamroq kasallik oʻtadi. Bundan tashqari, sayyohlar fermerlarning bogʻlarini aholi orasida gorilla sayr qilib yurganida kesib oʻtganlarida fermerlar tomonidan kichik toʻlov olinadi[8].

Eʼtirof[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob — Gorillalar bilan sayr qilish: Afrika yovvoyi tabiat veterinarining sayohati. Kitobning soʻzboshisi doktor Jeyn Gudall tomonidan yozilgan[7].

Kalema-Zikusoka atrof-muhit va insonparvarlik sohasidagi faoliyati uchun bir qator faxriy yorliqlar, mukofotlar va boshqa jamoatchilik eʼtiroflariga sazovor boʻlgan. 2009-yilda u „Yashil Oskar“ deb topilgan eng yuqori mukofot — Whitley Oltin mukofotini qoʻlga kiritdi[3]. 2008-yilda San-Diego hayvonot bogʻi unga tabiatni muhofaza qilish boʻyicha mukofotini berdi[5]. 2006-yilda Kalema-Zikusoka Ashoka stipendiyasini qoʻlga kiritdi[10]. 2007-yilda Seed jurnali uni fandagi sakkizta inqilobiy fikrlovchilardan biri deb topdi[10].

Kalema-Zikusokaning faoliyati BBCning „Afrikalik veterinar Gladys“ hujjatli filmida tasvirlangan. U, shuningdek, National Geographic, Animal Planet, M-Net va Uganda televideniyesi tomonidan olingan hujjatli filmlarda suratga tushgan. U Sierra Club jurnalining 2008-yil noyabr/dekabr sonida AQShning navbatdagi prezidentiga maktub yozish uchun toʻqqizta xalqaro ekologik yetakchilar orasidan saylangan[10].

2018-yilda Kalema-Zikusoka atrof-muhitni muhofaza qilish va Ugandadagi mahalliy aholi va togʻ gorillalari birgalikda yashashi bilan bogʻliq qilgan faoliyati uchun „xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish va asrashga qoʻshgan noyob hissasi“ uchun Amerika Qoʻshma Shtatlarida joylashgan Sierra Club tomonidan EarthCare mukofoti bilan taqdirlandi. Unga bu mukofot 2018-yil 29-sentabr kuni AQShning Kolorado shtati, Denver shahrida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda topshirildi[11].

2021-yil dekabr oyida u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit boʻyicha dasturining fan va innovatsiyalar boʻyicha Yer chempioni deb eʼlon qilindi[12][13].

2022-yil aprel oyida doktor Kalema-Zikusoka Afrikadagi qoʻriqlanadigan hududlarda va ularning atrofida odamlar va yovvoyi tabiat birgalikda yashashi uchun ularning hayot sifatini yaxshilash borasidagi faoliyati uchun Edinburg medali 2022 bilan taqdirlandi. U odamlar va yovvoyi tabiat oʻrtasidagi nozik oʻzaro aloqani oʻrganish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamiyat tomonidan boshqariladigan „Yagona salomatlik“ harakatlarining asoschisidir.

2023-yil noyabr oyida Kalema-Zikusoka BBCning 100 ayol roʻyxatiga kiritildi[14].

Tanlangan nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kalema G. 1994. Letter entitled „Veterinarians and Zoological Medicine“ to the Veterinary Record (Veterinariya Qaydlariga „Veterinariya va zoologik tibbiyot“ nomli xat). The Veterinary Record, 135 (1).
  • Nizeyi J. B., Mwebe R, Nanteza A, Cranfield M.R, Kalema G. R. N. N., Graczyk T. 1999. Cryptosporidium sp. and Giardia sp. Infections in mountain gorillas (Gorilla gorilla beringei) of the Bwindi Impenetrable National Park, Uganda (Ugandadagi Bwindi oʻtib boʻlmaydigan milliy bogʻidagi togʻ gorillalarida (Gorilla gorilla beringei) uchraydigan infeksiyalar). Journal Parasitology 85 (7). American Society of Parasitologists.
  • Nizeye J. B., Innocent R. B., Erume J, Kalema G. R. N. N., Cranfield M. R. and Graczyk T. K. 2001. Campylobacteriosis, Salmonellosis, and Shigellosis in free-ranging human-habituated mountain gorillas in Uganda (Ugandada odam yashaydigan hududlarda erkin yashaydigan togʻ gorillalarida kampilobakterioz, salmonellyoz va shigelloz). Journal of Wildlife Diseases 37(2): 239-244.
  • Graczyk T. K., DaSilva A. J., Cranfield M. R., Nizeye J. B., Kalema G. R and Pieniazek N. J. 2001. Cryptosporidium parvum genotype 2 infections in free-ranging mountain gorillas (Gorilla gorilla beringei) of the Bwindi Impenetrable National park, Uganda (Ugandadagi Bwindi oʻtib boʻlmaydigan milliy bogʻidagi erkin yuruvchi togʻ gorillalarida (Gorilla gorilla beringei) Cryptosporidium parvum 2-genotip infeksiyasi). Parasitology Research 87(5):368-70.
  • Kalema-Zikusoka G, Kock R. A., Macfie E. J. 2002. Scabies in free-ranging mountain gorillas (Gorilla beringei beringei) in Bwindi Impenetrable National Park, Uganda (Ugandadagi Bwindi oʻtib boʻlmaydigan milliy bogʻida erkin yuradigan togʻ gorillalarida qoʻtir). Veterinary Record 150(1):12-5.
  • Kalema-Zikusoka G and Lowenstine L. 2001. Rectal prolapse in a free-ranging mountain gorilla (Gorilla beringei beringei): clinical presentation and surgical management (Erkin togʻ gorillasi (Gorilla beringei beringei)da rektal prolaps: klinik manzara va operativ davolash). Journal of Zoo and Wildlife Medicine 32(4):509-513.
  • Kalema-Zikusoka G, Horne W. A., Levine J. and Loomis M. R. 2003. Comparison of the cardiopulmonary effects of medetomidine-butorphanol-ketamine and medetomidine-butorphanol- midazolam in patas monkeys (Erthyrocebus patas) (Patas maymunlarida (Erthyrocebus patas) medetomidin-butorfanol-ketamin va medetomidin-butorfanol-midazolamning oʻpka-yurak tizimiga taʼsirini taqqoslash). Journal of Zoo and Wildlife Medicine 34(1):47-52.
  • Kalema-Zikusoka G, Rothman JM, Fox MT. 2005. Intestinal parasites and bacteria of mountain gorillas (Gorilla beringei beringei) in Bwindi Impenetrable National Park, Uganda (Ugandadagi Bwindi oʻtib boʻlmaydigan milliy bogʻidagi erkin yuruvchi togʻ gorillalarida (Gorilla gorilla beringei) ichak parazitlari va bakteriyalari). Primates 46:59-63.
  • Osofsky, Steven A., Richard A. Kock, Michael D. Kock, Gladys Kalema-Zikusoka, Richard Grahn, Tim Leyland, William. B. Karesh. 2005. Building support for Protected Ares using a One Health perspective In: Friends for Life, New partners in support of protected areas („Yagona salomatlik“ nuqtai nazaridan foydalanib, Himoya qilinadigan hududlarni qoʻllab-quvvatlash: Hayot uchun doʻstlar, Himoya qilinadigan hududlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi hamkorlar). Edited by Jeff McNeily. Published by IUCN, Species Survival Commission.
  • Kalema-Zikusoka G, Bengis R, G., A. L. Michel and M. H. Woodford. 2005. A preliminary investigation of tuberculosis and other diseases in African buffalo (Syncerus caffer) in Queen Elizabeth National Park, Uganda (Ugandadagi Qirolicha Yelizaveta milliy bogʻida Afrika buffalida (Syncerus caffer) sil va boshqa kasalliklarning dastlabki tekshiruvi). Onderstepoort Journal of Veterinary Research, 72:145-151.
  • Gladys Kalema-Zikusoka, and Lynne Gaffikin. 2008. Sharing the Forest, Protecting Gorillas and Helping Families in Uganda (Ugandada oʻrmonni baham koʻrish, gorillalarni himoya qilish va oilalarga yordam berish). Focus, published by the Woodrow Wilson International Centre for International Scholars and USAID, Issue 17 October 2008.
  • Gladys Kalema-Zikusoka. 2009. Lair of a Silverback. Wild Places (Silverback gorillasining uyi. Yovvoyi joylar). National Geographic Traveler, Issue October 2009.
  • Fabien H.Leendertz and Gladys Kalema-Zikusoka. 2021. Vaccinate in biodiversity hotspots to protect people and wildlife from each other (Odamlar va yovvoyi tabiatni bir-biridan himoya qilish uchun biologik xilma-xillik yuqori nuqtalarda emlash). Nature 591:369.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yogerst. „How Uganda emerged from chaos to become a tourist destination once more“. Cable News Network (CNN) (2014-yil 31-iyul). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  2. The Rolex Awards. „About Gladys Kalema-Zikusoka: Location: Uganda, 2010 Jury Member“. The Rolex Awards for Enterprise (2010). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  3. 3,0 3,1 O'Connell. „TV vet's scheme to protect gorillas in Uganda wins top conservation award“ (2009-yil 13-may). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  4. Vyawahare, Malavika. „Uganda's 'Dr. Gladys' honored by U.N. for work linking conservation and health“. Mongabay Environmental News (2021-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 CTPH. „Meet The Team: Dr. Gladys Kalema-Zukusoka, Founder and CEO“. Conservation Through Public Health (CTPH) (2017). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  6. AHEAD. „IUCN 2003 World Parks Congress AHEAD Launch Forum: Biographies of Presenters: Gladys Kalema-Zikusoka, BVM, MVSc, Cert.NPM, CEO, Conservation Through Public Health“. .wcs-ahead.org. Animal & Human Health for the Environment And Development (AHEAD) (2003). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  7. 7,0 7,1 Britten, Fleur. A vet's life, fighting for the Bwindi mountain gorilla. The Guardian Weekly (2023-yil 28-aprel), s. 24.
  8. 8,0 8,1 Mangat. „Saving the gorilla with quality coffee“ (2018-yil 25-avgust). Qaraldi: 2018-yil 25-avgust.
  9. Kalema-Zikusoka, Gladys; Rothman, Jessica M.; Fox, Mark T. (January 2005). „Intestinal parasites and bacteria of mountain gorillas (Gorilla beringei beringei) in Bwindi Impenetrable National Park, Uganda“. Primates; Journal of Primatology. 46-jild, № 1. 59–63-bet. doi:10.1007/s10329-004-0103-y. ISSN 0032-8332. PMID 15338419.
  10. 10,0 10,1 10,2 Exploregreen.com. „About Dr. Gladys Kalema-Zikusoka“. Exploregreen.com (2013). Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  11. Musinguzi. „Ugandan wildlife vet gets coveted Sierra Club award“ (2018-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 20-oktyabr.
  12. Environment. „Dr. Gladys Kalema-Zikusoka“ (en). Champions of the Earth (2021-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 4-yanvar.
  13. „Champions of the Earth: The Ugandan vet protecting people and wildlife“ (en). UN News (2021-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 4-yanvar.
  14. „BBC 100 Women 2023: Who is on the list this year?“ (en-GB). BBC News (2023-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.