Geteropolisaxaridlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geteropolisaxaridlar- ikki va undan ortiq xar xil monosaxaridlardan tashkil topgan birikma xisoblanadi. Ular asosan biriktiruvchi toʻqimalar polisaxaridlaridir. Ular teri, togʻay, pay, boʻgʻim suyuqligi, yirik qon tomirlarining devorlari va suyaklarda boʻladi. Bu polisaxaridlardan xondroitinsulfatlar, gialuron kislota va geparin koʻproq oʻrganilgan: xondroitinsulfatlar teri, togʻay va paylarda uchraydi;

gialuron kislota koʻzning shishasimon pardasi, kindik, togʻay, boʻgʻim suyuqliklarida boʻladi;

geparin jigarda, muskul va oʻpkada uchraydi;

Biriktiruvchi to 'qima polisaxaridlarini mukopolisaxaridlar deb ataladi. Xondroitinsulfatlar navbatlashib keladigan N-atsetilglukozamin va uron kislota qoldiqlari saqlagan disaxarid fragmentlaridan tashkil topgan polisaxaridlardir. Bu disaxarid N-atsetilxondreozin deb nomlanadi. Xondreozin tarkibidagi D-glukuron kislota va N-atsetilgalaktozamin ß-1,3 glikozid bogʻlari bilan bogʻlangan. Xondroitinsulfatning A, B, C va D turlari mavjud. A xondroitinsulfat yoki xondroitin-4-sulfat togʻayning asosiy tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, quritilgan togʻayning 40% ini tashkil qiladi. Bundan tashqari, terida, koʻzning muguz pardasida, koʻzning oq pardasida va suyaklarda saqlanadi.

Xondroitin 4-sulfat va xondroitin-6-sulfatlar mavjud boʻlib, ularing molekular massasi 10.000-60.000 gachani tashkil qiladi. Xondroitinsulfatlar tarkibida navbatlashib keladigan va B-1,3-glukouronozid bog lar bilan bog langan glukuron kislota va 4-holatda (xondroitin 6-sulfatda esa 6-holatda) sulfatlangan N-atsetilglukozamin qoldiqlaridan tuzilgan disaxarid fragmentini saqlaydi. Fragmentlar esa oʻzaro ß-1,4-glikozid bogʻlar bilan bogʻlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tibbiy kimyo. N.T.Alimxojayeva.