Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi
Turi Nodavlat notijorat tashkilot
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 31-dekabr, 1997-yil (26 yil avval) (1997-12-31)
Joylashuvi Toshkent shahri, Nukus koʻchasi, 79-uy.
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori G.Abidova
Vebsayti sos-kd.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus, ingliz

SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi (inglizcha: SOS — Shildrenʼs Villages of Uzbekistan) — 1997-yilda bolalarning farovonligini taʼminlash, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish va ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilot[1]. „SOS Bolalar Mahallalari Oʻzbekiston“ Uyushmasi „SOS Bolalar Mahallalari“ Xalqaro tashkilotining aʼzosi hisoblanadi. U oʻz faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Hukumati va „SOS Bolalar Mahallalari“ Xalqaro tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida amalga oshiradi. Ayni paytda „SOS Bolalar Mahallalari“ 134 ta mamlakatdagi milliy Uyushmalarni moliyaviy va texnologik jihatdan qoʻllab-quvvatlamoqda, 2 mingdan ortiq dastur va loyihalarni amalga oshiryapti. Uyushma 14 marta Nobel tinchlik mukofotiga nomzod boʻlgan[2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilot nomidagi “SOS” qisqartmasi “Societas Socialis” degan ma’noni anglatadi. 1949-yilda Hermann Gmayner va uning tarafdorlari Avstriyadagi yetim bolalarni parvarish qilish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida Societas Socialis ijtimoiy klubini tashkil qildilar. Bir yil o‘tgach, bu nom SOS Bolalar Mahallalari deb o‘zgartirildi. Hermann Gmayner va uning tarafdorlari uchun SOS ijtimoiy mas’uliyatli jamiyatni anglatgan.

Uyushma Vazirlar Mahkamasining 31-dekabr 1997-yildagi 585-sonli „Oʻzbekistonda SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi Qaroriga muvofiq taskil etigan. SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va SOS Kinderdorf International (Avstriya) tomonidan 1997-yilda imzolangan „Oʻzbekiston Respublikasida SOS bolalar mahallalarini va ular bilan bogʻliq loyihalarni tashkil etish, qurish, jihozlash va ularning faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida“gi shartnomaga muvofiq oʻz faoliyatini amalga oshiradi[4].

2000-yilda Toshkentda birinchi SOS Bolalar Mahallasi ochilgan.

2021-yil 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va „SOS-Oʻzbekiston Bolalar mahallalari“ uyushmasi oʻrtasida hamkorlik aloqalarni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolangan[5].

2005-yilda SOS Bolalar Mahallasi Samarqand shahrida ochilgan. 2016-yil 22-noyabr kuni Samarqand shahrida „SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari“ uyushmasi filialining Yoshlar markazi ochildi[6].

2012-yilda Xorazm viloyatida SOS Mahallalari uyushmasi filiali oʻz faoliyatini boshladi.

Uyushmaning vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ota-onasining qaramogʻisiz qolgan bolalarni hamda oilalari qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan bolalarni jismoniy, intellektual va maʼnaviy rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, ularga ijtimoiy va huquqiy koʻmakni taʼminlash.
  • Ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni Oʻzbekistonning anʼanaviy va milliy tamoyillarini hisobga olgan holda tarbiyalash.
  • Ijtimoiy markazlarni tashkil etish hamda psihologik va huquqiy koʻmak koʻrsatish yoʻli bilan qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash.
  • Uyushma faoliyatiga davlat, jamoat va hususiy tuzilmalarni faol jalb etish, bolalar vasiyligi masalalari boʻyicha jamoatchilikning habardorligini oshirish va ular boʻyicha oʻzaro tajriba almashish[7][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]