Foydalanuvchi:Tahrirchiqiz/Bee Season (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bee Season bu Myla Goldberg qalamiga mansub bo'lgan huddi shu nom ostidagi 2000-yilda chop etigan roman asosida yaratilgan kinodir. Film 2005-yilda Scott McGehee va David Siegellar tomonidan suratga olingan va Naomi Foner Gyllenhaal ushbu filmning ssenariy muallifi hisoblanadi.

Film syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoul Naumann yahudiy er va ota edi. UC Berkeley universitetidagi Dinshuoslik fani professori Shoul Kabbala bo'yicha yakuniy dissertatsiyasini yozgan. Bunga asosiy sabab esa uning dindor yahudiy ekanligi, va uning xotini Miriam unga turmushga chiqqanda yahudiylikni qabul qilgan va o'g'li Horunni ham o'zi kabi o'qimishli yahudiy qilib tarbiyalaganligidir. Qizi Eliza imlo bo'yicha musobaqada g'olib bo'lganida, uni Kabbalani o'rganish kursiga qo'yishadi. Film, bir oilaning diniy izlanishlari, Horunning dindagi noaniq harakatlari va Elizaning otasiga yaqinroq bo'lish bo'lgan harkati haqida.

Miriam Shoulga turmushga chiqqanidan so'ng o'ta sirli hayot kechiradi. U eridan o'rgangan barcha diniy bilimlarini, jumladan, dunyoni qayta qurish va parchalarni qayta birlashtirishlarni amaliyotga tatbiq etar edi. Maryamning qisqa, ixtiyorsiz xotiralari uni bolaligidan qiynab keladi. Avtohalokatga uchragan mashina va singan oynalar bularning barchachi u ota-onasining o'limidan buyon boshidan o'tkazayotgan yashirin og'riqlari edi. O'sha mash'um voqeadan oldin uning hayoti go'zal, doim o'zi bilan kaleydoskop o'yinchog'ini olib yurardi. U o'yinchog'i orqali turli xil manzaralarni ko'ra olardi, ammo avtohalokatda, uni sindirib qo'yadi. Shu voqealardan so'ng, u chiroyli, singan, o'zidan yorug'lik taratadigan narsalarni yig'a boshladi, hatto ba'zilarini o'g'irlab kelardi va ularni sirli omborga yashirib qo'yardi.


Shoulning o'g'li Horun yahudiylikka otasi tomonidan majburlangani bilan, unga nisabtan ishonchsizlik bor edi unda va shuning uchu ham u o'zi ishonchi komil bo'lgan e'tiqodni qidiradi. Keyinchalik u Chali ismli ayolni uchratadi, va Xare Krishna bo'lishga ahd qiladi. Eliza uchun hamma narsa Horun bilan otasining qanchalik inoqligiga bo'lgan havasdan boshlanadi, ikkalasi tez-tez yahudiylik haqida suhbat qilishar yoki birgalikda musiqa chalishar edi. Eliza imlo musobaqasida yutib chiqqanida otasi Kabbala yozuvchisi Ibrohim Abulafiya haqidagi bitiruv dissertatsiyasini yozishi ularni bir-biriga yanada yaqinlashtirgan.


Shoul Elizaning muvaffaqiyatidan xabar topishi bilan qizining hayotini nazorat qilishga urinadi va unga o'zi yaxshi bilgan Kabalistik ta'limotini o'rgatadi. Eliza otasi unga ancha yaqin munosabatda bo'la boshlaganidan xursand bo'lganidan, musobaqalarda qatnashishda davom etadi. Film davomida, Eliza Shoulning eng yangi diniy loyihasiga aylanadi.


Shoul qizi bilan shug'ullanar ekan, qizi unga berayotgan imkoniyatlardan shu qadar xursand bo'ladiki, hatto atrofida bo'layotgan voqealarni ko'rmay qoladi. Ya'ni o'g'li hinuizmga qizib qolgani, xotini esa og'ir psixologik muammolarni boshidan o'tkazayotgani hech biriga e'tibor ham bermaydi.


Imlo musobaqasining final bosqichidan bir kun avval, Eliza otasining Abulafiya tizimi haqidagi bilimlaridan foydalanib, Xudo bilan gaplashmoqchi bo'ladi, va natijada qandaydir kuchga ega ham bo'ladi. Ammo, hal qiluvchi jang vaqtida Eliza ataylab origami so'zini noto'g'ri yozadi. Aslida bunga asosoiy sabab uning oilasini tiklashga bo'lgan xohishi edi. Shundan so'ng, Horuun va Shoulning o'rtasidagi mehr yana tiklanadi, va ular o'z sevgilarini quchoqlash bilan ifoda etishadi. Shoulning xotini Miriam esa sanatoriyada davolanayotganida musboqani kuzatib turardi, aslida u ham ancha sog'ayib qolgan edi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Richard Gere Shoul rolida
  • Juliette Binoche Miriam rolida
  • Eliza rolida Flora Kross
  • Maks Mingella Horun rolida
  • Kate Bosworth Chali rolida

Suratga olinish jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imlo musobaqasining viloyat bosqichi Albany o'rta maktabining sport zalida suratga olingan. Shuningdek, Kaliforniya shtatining Alameda shahrining Park Street markaziy qismi ham filmdan namoyish qilingan.


Bir qarashda, bu film imlo musobaqasida qatnashayotgan muammoli bir oilaning qizi haqidadek tuyuladi, aslida esa filmning haqiqiy syujeti ancha murakkabroq. Masalan, Shoulni Kabbalistik inson sifatida ko'rishimiz, qizining Xudo bilan bog'lana olish qobiliyati, oilasining kundan kunga parchalanib borayotgani bunga yaqqol misoldir. Shoul bilimlarini amalda qo'llash o'rnia, o'z oila a'zolarining har birini dinga yanada chuqurrroq kirib borishga majburlaydi. Bu vaqt mobaynida, Miriam o'g'irlikda ayblanadi va ruhiy kasalliklar shifoxonasiga jo'natiladi. Natijada, oilaning barcha a'zolari o'rtasidagi munosabatlar sayozlashib boradi, va axiri qulaydi. Ammo Eliza final bosqichidan bir kun avval uning bu musobaqadagi yutqazishi oilasining qayta tiklanishga imkon bo'lishini tushib yetadi va o'zini qurbon qiladi.

Qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rotten Tomatoes sayti ushbu filmga 109 ta izooh asosida 43% ball beradi, va kinoning reytingi esa 10 balldan 5,46 ballni tashkil etadi. Konsensusda shunday deyilgan: " Bea seasn intelektual film, ammo umidsizlikka uchragan oila haqidagi tarqoq drama".[1] Metacriticga ko'ra 32 ta tanqidchilarning sharhlariga ko'ra 54% ball beriladi.[2]

2006-yilning 29-yanvar holatiga ko'ra, Bea seasonning Amerika Qo'shma Shtatlaridagi yalpi daromadi 1,177,082 AQSh dollarini tashkil qiladi, Amerika hafta oxirida esa 120,544 ishlab topadi.


Bea seasonning yagona yutug'i bo'lgan Broadcast Film Critics Association Awards mukofoti Flora Cross uchun Yosh aktrisa mukofotini qo'lga kiritishiga sababchi bo'ladi.

Efirga uzatilgan vaqti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film 2006-yil aprel oyining to'rtinchi sanasida AQShda efirga beriladi.

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Akeelah and the Bee- 2006 yildagi shunga o'xshash film
  • 2005-yilgi Amerika filmlari20 ro'yxati

[[Turkum:AQSh dramatik filmlari]] [[Turkum:2005-yil filmlari]] [[Turkum:2006-yil filmlari]]

  1. „Bee Season“. Rotten Tomatoes. Fandango. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
  2. „Bee Season“. Metacritic. CBS.