Foydalanuvchi:Bobirbek YIA Shahrixon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, Oʻtror sh., Samarqandda (dafn etilgan) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi, uning zakovati juda ham kuchli edi. U oʻng qoʻlda ham chap qoʻlda ham bir xil qilichini oʻynatar edi. Mo'gullar imperiyasini tormor etgan sarkarda. Amir Temurning onasi Takina xonim edi. Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻay ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, "ulamo va sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi...". Taragʻayjon piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻaybek 1405-yilda vafot etgan.