Dnevnik.ru

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Дневник.ру
Tijoratmi Ha
Roʻyxatdan oʻtish Bepul; administratorning tasdiqlashi bilan.
Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni 13 mln
Qaysi tillarda Rus, ingliz, ispan, portugal.
Muassisi "Dnevnik.ru" MChJ
Muallifi Gabriel Levi va Aleksandr Zubkov
Ochilgan sanasi 2007-yil
Joylashuv Sankt-Peterburg
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
URL dnevnik.ru
Qaysi dasturlash tilida yozilgan ASP.NET

Dnevnik.ru (ruscha: Дневник.ру)Rossiyaning ta‘lim texnologiyalari sohasidagi AT kompaniyasi. Kompaniya oʻz bayonotlariga koʻra oʻqituvchilar, talabalar, ota-onalar va davlat organlari uchun yagona elektron taʼlim muhitini ishlab chiqmoqda[1].

Kompaniya 2007-yilda Gavriil Levi[2] va Aleksandr Zubkov[3] tomonidan tashkil etilgan[4]. 2011-yilda Prostor Capital venchur investitsiya fondidan 1,7 million dollar sarmoya olgan. 2012-yilda esa ushbu kompaniyaga Runa Capital fondi 5 million dollar sarmoya kiritgan[4]. Bosh ofisi Sankt-Peterburgda joylashgan[1]. 2013-yil holatiga koʻra, Rossiya Federatsiyasida 28 000 ga yaqin maktab platformaga ulangan[2]. Rossiyaning koʻplab mintaqalarida “Госуслуги” portalida bolaning rivojlanishi toʻgʻrisida maʼlumot olish davlat xizmati Dnevnik.ru orqali amalga oshiriladi va platformada avtorizatsiya “Госуслуги” portalining foydalanuvchi hisobi yordamida amalga oshiriladi[5].

2019-yil Oʻzbekistonda portalning muqobili sifatida “Kundalik.com” (hozirda eMaktab.uz) portali ishga tushirilgan[6].

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Дневник.ру. „О нас“ (Ruscha). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 Коммерсантъ. „Дневник на стол“ (Ruscha) (25-aprel 2013-yil). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  3. https://www.crunchbase.com/organization/dnevnik-ru
  4. 4,0 4,1 Nurbek Alimov. „«Kundalik.com» Чет эл компаниясининг қўлида 6 млн ўзбекистонлик мактаб ўқувчиларининг маълумотлар базаси йиғиладими? Бу компания кимларга тегишли? Блогерлик суриштируви.“ (25-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 15-may 2024-yil.
  5. „Авторизация через портал Государственных услуг“ (Ruscha) (7-aprel 2021-yil). 28-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  6. Kun.uz. „Kundalik.uz: maktablarda jurnal va kundaliklar elektron shaklga o‘tkaziladi“ (24-may 2019-yil). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.