Dmitriy Xolendro
Dmitriy Xolendro | |
---|---|
Tavalludi |
Xolendro Dmitriy Mixaylovich 2-dekabr 1921-yil |
Vafoti | 1998-yil |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Janr | qissa, hikoya, pyesa, ssenariy |
Dmitriy Mixaylovich Xolendro (1921–1998) – Sovet rus yozuvchisi, ssenariynavis, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1950).
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xolendro 1921-yil 2-dekabrda (boshqa maʼlumotlarga koʻra 2-noyabr) Toshkent shahrida (hozirgi Oʻzbekiston) xizmatchi oilasida tavallud topgan.
Asarlar yozishni 1938-yilda boshlagan. 1939-yilda MIFLIga oʻqishga kirgan. Shu bilan birga Qizil armiya safiga chaqirilgan. Ulugʻ Vatan urushi yillarida „Vperyod za Rodinu!“ gazetasida katta adabiy rahbar boʻlib faoliyat olib borgan. Kerchensko-Eltigenskaya qoʻnish operatsiyasi ishtirokchisi va 1944-yildan KPSS(b) aʼzosi boʻlgan.
Yozuvchi Dmitriy Mixaylovich 1950-yilda SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzo boʻldi. 1951-yilda Konstantin Paustovskiyning Rostov-Donda adabiy seminarida qatnashdi[1].
1956-yilda A. M. Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoshidagi oliy kursni tamomlagan. Dmitriy „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi va Yalta kinostudiyasi bilan hamkorlik qilgan. Yozuvchining koʻpgina asarlari Qoradengiz mavzulariga bagʻishlangan.
Xolendro 1998-yilda vafot etgan. U Moskvadagi Donskoye qabristoniga ota-onasi va ukasining yoniga dafn etilgan[2].
Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1949–1950-yillar oraligʻida „Gori v svetu“ romanini yozgan.
Xolendro 1959-yilda „Opasniy mis“, 1960-yilda „Klarens va Juletta“, „Poyezdka v Sayat“ (1966-yilda suratga olingan „Sayyod qoʻngʻirogʻi“ filmi ssenariysi asosida, 1972-yilda hikoyaga aylantirilgan), 1967-yilda „Svadba“ va 1967-yilda „Stariy Chudak“ nomli qissalar yozgan.
Dmitriy Mixaylovich 1951-yilda „More shumit“, 1954-yilda „Doroga v step“, 1960-yilda „Ranneye utro“, 1980-yilda „Sloboda“ va 1983-yilda „Plavni“ nomli hikoyalar toplamini yozadi.
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dmitriy Mixaylovich 1-darajali Vatan urushi ordeni va ikkita Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Устименко Алексей. Дмитрий Холендро: Делайте себе жизнь, жизнь сделает вам литературный почерк // Иные берега Журнал о русской культуре за рубежом. — 2015. —
№ 2(38).Bu maqola ayni damda Mirishkorlik (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin.
Bu sahifa oxirgi marta 13:31, 8-Fevral 2024 (UTC) (3 oy avval) da tahrir qilingan. - ↑ „ХОЛЕНДРО Дмитрий Михайлович (1921 – 1998) — Moscow-Tombs“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari
- “Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- 1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari
- Rossiya ssenariychilari
- SSSR ssenariychilari
- Alifbo boʻyicha yozuvchilar
- 1998-yilda vafot etganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 1921-yilda tugʻilganlar
- 2-dekabrda tugʻilganlar