Ditha Moser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ditha Moser
Tavalludi 12-aprel 1883-yil
Vena, Avstriya-Vengriya
Vafoti 3-noyabr 1969-yil(1969-11-03)
(86 yoshda)
Mödling, Quyi Avstriya, Avstriya
Millati Avstriya bayrogʻi Avstriya
Sohasi grafika, rassom
Ta'limi Vena amaliy sanʼat universiteti (nemischa: Universität für angewandte Kunst Wien)
Oqim secession, modern

Edith „Ditha“ Moser (talaffuzi: Edita Mozer; 1883-yil 12-aprel, Vena — 1969-yil 3-noyabr, Mödling, Quyi Avstriya) — avstriyalik grafik rassom, Vena Setsession badiiy guruhi aʼzosi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moser 19021905-yillarda Vena amaliy sanʼat universitetida taklif etilgan talaba sifatida oʻqigan. Universitetda Moser Josef Hoffmann qoʻl ostida meʼmorlik, Carl Otto Czeschka qoʻl ostida chizmachilik va Rudolf von Larisch qoʻl ostida xattotlik va geraldika boʻyicha tahsil oladi[1].

Moser boy sanoatchi, homiy Carl Ferdinand Mauthner von Markhof va uning ikkinchi xotini Edith Sunstenai von Schützenthal oilasida tugʻilgan, oilada undan tashqari yana 4 nafar qiz tugʻilgan. Mauthner von Markhof oilasi kelib chiqishiga koʻra, Bogemiyadan boʻlishgan va Moserning bobosi Adolf Ignatz yil davomida pivo ishlab chiqarish imkonini beruvchi pivo sovutgichini ixtiro qiladi. Moserning otasi va bobosi Chexiya hamda Venada xayriya jamgʻarmasi va tashkilotlariga asos solgan, ularni qoʻllab-quvvatlashgan, Venadagi kasalxonaga homiylik qilishgan va 1859-yil, 1864-yil, 1866-yilda oʻz fabrikalarida harbiy kasalxonalarni joylashtirishgan. 1872-yilda oilaga zodagonlik mansabi berilgan[2]. Carl Ferdinand bolalar kasalxonasi, cherkov va yuqumli kasalliklar shifoxonasining binosi qurilishiga homiylik qilgan[3].

Onasi Edith Sunstenai von Schützenthal Krakovda ofitser oilasida tugʻilgan. Onasi qizlarning oliy va oʻrta taʼlimda oʻqishning faol tarafdori boʻlgan, xotin-qizlar uchun taʼlim beradigan yirik maktab birlashmalarining boshqaruv kengashida ishlagan, shuningdek, nemis tilida soʻzlashadigan hududdagi qizlar uchun birinchi liberal sanʼat gimnaziyasini tashkil etgan Ayollar taʼlimini kengaytirish jamiyatining prezidenti boʻlgan[4].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1903-yilda Koloman Moser bilan tanishib qoladi. 1905-yil 1-iyulda ular turmush qurishadi. Ularning ikki nafar oʻgʻli Karl (1906-—1976) va Dietrich (19091925) boʻlgan. 1918-yilda Koloman saraton kasalligidan vafot etadi[5].

1919-yilda Moser homiladorligi tufayli turmush chiqishga majbur boʻladi. Uning ikkinchi eri qahvaxona egasi Adolf Hauska (1881—1929) boʻlgan. Bu nikohdan uch farzand Edith (1919—1920), Theodor (1920—1921) va Adolf (1922—1945) tugʻilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moser 1969-yilda Mödlingda vafot etdi va Koloman Moser qabri yoniga dafn qilingan. Ularning qabri yonidan oʻgʻillari Dietrich va Karl ham dafn etilgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moser taqvimlar va oʻyin qartalari dizayniga ixtisoslashgan grafik rassom sifatida tanilgan. Eri, oʻqituvchilari va Gustav Klimt kabi boshqa taniqli rassomlar bilan birgalikda Moser Vena Setsession aʼzosi boʻlgan. Eri Koloman Moser Gustav Klimt va boshqa rassomlar bilan birga 1905-yilda guruhni tark etganida, Moser eriga yangi guruh „Vena ustaxonalari“ (nemischa: Wiener Werkstätte)ni tashkil qilishda yordam beradi[6].

1906-yilda Moser grafik dizaynning yetuk namunasi hisoblangan Tarot qartalarini chiqarishi bilan shuhrat qozonadi. 19081913-yillarda doʻstlari uchun yangi yil sovgʻasi sifatida Bibliya va mifologik mavzularga oid rasmlar aks etgan kichik nashrlarda chop etilgan taqvimlarni ishlab chiqaradi.

Moser grafik dizayner sifatida tan olingan boʻlsa-da, uning ishlari cheklangan miqdorda nashr etilgan va faqat bir nechta nusxalari saqlanib qolgan. Birinchi jahon urushidan keyin Moser ijodiy faoliyatini butunlay toʻxtatdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ditha Moser: Jugendstil Tarot Cards“. Neue Galerie Design Shop & Book Store. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  2. Stekl, H. Mautner von Markhof, Adolf Ignaz(olm.) // Österreichisches Biographisches Lexikon. — Andoza:Бсокр. Архивировано 13 aprel 2021 года.
  3. Stekl, H. Mautner von Markhof, Karl Ferdinand(olm.) // Österreichisches Biographisches Lexikon. — Andoza:Бсокр. Архивировано 13 aprel 2021 года.
  4. Meißner, H. Mautner von Markhof, Editha(olm.) // Österreichisches Biographisches Lexikon. — Andoza:Бсокр. Архивировано 5 may 2021 года.
  5. „This Wiener Werkstätte Master Made Everything into Art“ (en). The Study (2019-yil 12-aprel). 2021-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  6. „Ditha Moser“ (en-US). Virginia Museum of Fine Arts |. 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.