Dandona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dandona so'zi dehqonchilik asbobi nomi atamasi bo'lib, u fors-tojik tili materialidir. Eski o'zbek tiliga fors-tojik shoirlari asarlari orqali dandona so'zi o'tib o'zlashgan. Bu so'z qadimgi turkiy yozma manbalarda, xattoki XIV asr Xorazm yozma manbalarida ham qayd etilmagan.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dandona so'zi eski tojik tilida dandona دندانه shaklida kelib, arra, taroq, mola va boshqa predmetlarning tishli, kungirador qismlari ma'nosini bildiradi. Hozirgi Eroniy tillarda: tojik tilida dandona , fors tilida dandane ko'rinishlarida qo'llaniladi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yasalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dandona so'zi yasama bo'lib,ot yasovchi affiks vositasida otdan ot turkumiga kiruvchi til birligi yasalgan. Bunda bosh morfema dandon tish ma'nosini bildiradi. So'z yasovchi -a vositasida yasalgan dandona tishli, tishi bor demakdir. Dandon- tish so'zining o'zi ham tarixan yasama bo'lib, u ikki mustaqil so'zdan yasalgan qo'shma so'z bo'lgan. Dandon so'zidan dan elementi hozirgi eroniy tillardagi daxan-daxon og'iz so'zining qisqargan shaklidir.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

•Bahrom Bafoyev "Ko'xna so'zlar tarixi" (82-83-betlar) Toshkent O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining „FAN“ nashriyoti 1991[tahrir | manbasini tahrirlash]