Braun sindromi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Braun sindromi gʻilaylikning atipik va murakkab shakli boʻlib, bemor koʻzini yuqoriga koʻtarolmay qolishi va yon tomonga qarashga harakat qilganda, koʻzning pastga tushishi bilan harakterlanuvchi kasallik hisoblanadi. Koʻpincha, bu patologiya anatomik boʻlib, har bir alohida kasallanishda kerakli davolash usullari juda farq qilishi mumkinligi bilan farqlanadi[1].

Epidemiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braun sindromi bilan ayollarlar erkaklarga nisbatan koʻproq kasallanadi, statistika boʻyicha bu koʻrsatkich 3:2 nisbatni tashkil qiladi. Shuningdek, bu sindrom oʻng koʻz chapdagidan nisbatan ikki baravar koʻproq hollarda zararlanadi. Faqatgina, 10% hollarda ikki koʻzning birvarakayiga zararlanishi kuzatilishi mumkin[2].

Klinik belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garold Braun sindromining klinik belgilari quyidagilardan iborat:[3]

  • Bosh tekis koʻtarilganda koʻzni koʻtarishning cheklanishi
  • Koʻzni toʻgʻri qaratish (yuqori nigohning farqlanishi)
  • Adduksiya paytida taʼsirlangan koʻzda koʻz qovoqlarining kengayishi
  • Boshni orqaga burish (ikki marta koʻrishni oldini olish uchun kompensatsion iyakni koʻtarish)

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agar binokulyar ko'rish mavjud boʻlsa va boshning holati toʻgʻri boʻlsa, davolanish shart emas. Davolash uchun zarur boʻlgan holatlar: vizual simptomlar, gʻilaylik yoki anormal bosh holati hisoblanadi[2]. Braun sindromi yuqori qiya mushak tendonining faol yalligʻlanishi bilan kechganda, blokirovka maydoniga kortikosteroidlarni mahalliy inʼektsiya qilish yordam beradi[4]. Davolash maqsadida jarrohlik amaliyoti zarur boʻlsa uning maqsadi koʻzning erkin harakatini tiklashdan iborat boʻladi. Davolash maqsadida har xil jarrohlik usullaridan foydalanish mumkin:[2][5]

  • Garold Braun jarrohlik amaliyotida yuqori oblik tendonni olib tashlashni tavsiya qiladi. Jarayon shitotomiya deb ataladi. Ushbu protsedura natijalari chandiq toʻqimalarining qayta tiklanmasligi tufayli koʻpincha qoniqarsiz boʻladi.
  • Yuqori qiya tendonning tenotomiyasi ham tavsiya etilishi mumkin[6].

Jarrohlik paytida koʻz muskullarini tortish sinovi koʻz erkin harakatlanmaguncha takrorlanadi va operatsiyadan keyin taxminan ikki hafta davomida koʻz kuchaygan adduksiya holatida barqarorlashadi. Ushbu manevr xuddi shu joylarda chandiq toʻqimalarining qayta shakllanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun moʻljallangan. Boshning holatini normallashtirish mumkin, ammo toʻliq harakatchanlikni tiklash juda kamdan-kam hollarda amalga oshiriladi. Boshning harakatini tiklash maqsadida ikkinchi protsedura talab qilinishi mumkin.[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]