Bolalar falaji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bolalar falaji

Miya shikastlanishi bilan tugʻilgan bola.
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos nevrologiya, Pediatriya
KXK-10 G80
KXK-9 343
OMIM 603513 605388
DiseasesDB 2232
MedlinePlus 000716
eMedicine neuro/533
Patient UK Bolalar falaji
MeSH [http://www.emedicine.com/pmr/topic24.htm pmr/24 pmr/24]

Bolalar falaji — nerv sistemasining turli zararlanishlari oqibatida roʻy beradigan va reflektor-harakat faoliyatining, baʼzan ruhiyat va nutqning buzilishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi[1]. Bosh miyaning spastik (iyerebral) falaji va periferik nervlar zararlanishidan kelib chiqadigan (shalviratuvchi) falajlikdan farq qiladi[2]. Bolalar spastik falaji koʻpincha qoʻl, oyoq va tana muskullari falaji, aqliy rivojlanishning sekinlashuvi, tutqanoq tutishi, giperkinez (ixtiyorsiz harakatlar paydo boʻlishi), zararlangan qoʻl-oyoqlarda trofik oʻzgarishlar roʻy berishi koʻrinishida namoyon boʻladi[3]. Koʻkyoʻtal, difteriya, qizamiq, gripp va boshqa yuqumli kasalliklar ensefalit bilan asoratlanganda spastik falaj kuzatilishi mumkin[4]. Tugʻruq ogʻir kechganda, tugʻruq vaqtida bola kallasi shikastlanganda va boshqa hollarda koʻpincha spastik falaj kelib chiqadi[5]. Bolaning chala yoki boʻgʻilib tugʻilishi, miyasiga qon quyilishi oqibatida ham spastik falaj roʻy berishi mumkin. Buni birinchi boʻlib ingliz shifokori U. Litl tavsif etgani uchun Litl kasalligi deb ham yuritiladi. Bunday falaj ogʻir kechganida, bola tugʻilganda qimirlamaydi, oyoqlari bir tekis tarang turadi, maʼlum vaqtdan keyin muskullari tortishib oyoqlari chalishadi, bola oʻtira olmaydi yoki yura olmaydi; borabora uning ahvoli bir oz yaxshilanishi mumkin[6]. Falaj yengil boʻlsa, bola oʻsgani sari ahvoli yengillashadi, kech oʻtiradi, kech yuradi, qoʻllarini yaxshi ishlata olmaydi. Muskullar oʻta tarangligi tufayli bola yurganda oyoqlari chalishadi, sonlari ichkariga buralib, tizzalari bir-biriga taqalib turadi, u faqat oyoq uchida mayda qadam tashlab yuradi[7]. Bola hayajonlanganda, behosdan qattiq tovush eshitganda va boshqalarda muskullar tortishuvi kuchayadi, ixtiyoriy harakatlar qiyinlashadi va aqliy rivojlanishi kechikadi. Bemorni faqat shifokor davolaydi, kasallikning barcha shakllarida mutaxassisga oʻz vaqtida murojaat etish va uning tavsiyasiga binoan davolanish zarur[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Cerebral Palsy: Hope Through Research“. http://www.ninds.nih.gov (2-fevral 2015-yil). 2013-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2013-08-23 sanasida arxivlangan)
  2. "Cerebral palsy and aging". Developmental Medicine and Child Neurology 51 (4): 16–23. October 2009. doi:10.1111/j.1469-8749.2009.03428.x. PMID 19740206. PMC 4183123. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4183123. 
  3. „Cerebral Palsy: Overview“. National Institutes of Health. 2017-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-fevral.
  4. "A report: the definition and classification of cerebral palsy April 2006". Developmental Medicine and Child Neurology. Supplement 109: 8–14. February 2007. doi:10.1111/j.1469-8749.2007.tb12610.x. PMID 17370477. 
  5. „How many people are affected?“. National Institutes of Health (2014-yil 5-sentyabr). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-mart.
  6. „What is cerebral palsy?“. The Cerebral Palsied Association of the Philippines Inc.. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
  7. Song, Chiang-Soon (May 2013). "Relationships between Physical and Cognitive Functioning and Activities of Daily Living in Children with Cerebral Palsy". Journal of Physical Therapy Science 25 (5): 619–622. doi:10.1589/jpts.25.619. ISSN 0915-5287. PMID 24259815. PMC 3804975. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3804975. 
  8. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil