Birgalikda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Birgalikda (fin: Yhdessä) - Public art uslubidagi haykal. Finlandiyalik rassom Byorn Väkströmning yarim mavhum ommaviy sanʼat namunasi. Stokmann univermagi va Xelsinkidagi temir yoʻl vokzali oʻrtasidagi Kayvopixa hovlisida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haykal 2018-yilda Xelsinki universiteti talabalar jamiyati tashkil etilganining 150 yilligi munosabati bilan[1] ushbu jamiyat buyurtmasi asosida yasalgan.

Raqs tushayotgan juftlikning bronza haykali jamiyatdagi birdamlik, tenglik va insonning umum eʼtirof etilgan huquqlarini hurmat qilishga chorlash timsoli hisoblanadi[1].

Qizil granitdan yasalgan poydevorga fin tilida gravyura sifatida quyidagicha matn oʻyib yozilgan: „Helsingin yliopiston ylioppilaskunta ∙ Tulevaisuuden puolesta ∙ 150-vuotiaan ylioppilaskunnan kunniaksi ∙ 13.5.2018“. Keyinchalik shved va ingliz tillarida ushbu soʻzlarning tarjimasi oʻyma shaklda qoʻshilgan[2].

Haykal yasash ishlari HYY Yhtymä mablagʻlari tomonidan moliyalashtirilgan va Italiyaning Pietrasanta shahrida bronzadan quyilgan. Moviy patina Björn Wekström tomonidan „Fonderia Mariani“ quyish zavodi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Granit poydevor Finlandiyaning „Loimaan Kivi“ firmasi tomonidan yasalgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Фёдоров, М. „Скрытые формы Хельсинки: птица-позвонок, человек-игла и планетарные долины“. yle.fi. YLE (2018-yil 5-avgust). Qaraldi: 2021-yil 2-aprel.
  2. Matias Risikko. „Tvåspråkiga HUS fick enspråkig skulptur i gåva“ (sv). stbl.fi. STBL (2018-yil 18-may). Qaraldi: 2021-yil 2-aprel.
  3. „Kaivopihalla on nyt Weckströmin Yhdessä-veistos“ (fi). helsinginuutiset.fi. Helsingin Uutiset (2018-yil 14-may). Qaraldi: 2021-yil 2-aprel.