Bermud uchburchagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bermud uchburchagi — Atlantika okeanining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan paranormal hodisalar yuz beruvchi „sirli“ joy boʻlib, bu hududda goʻyoki kema va samolyotlar gʻoyib boʻladi. Floridadagi Mayami shahri (AQSH), Puerto-Rikoning San-Huan shahri va Bermud orollari uchburchakni hosil qilishadi. Bermud uchburchagi hududidagi sirli gʻoyib boʻlish nazariyasi tarafdorlari ularni tushuntirish uchun turli farazlarni ilgari surdilar: gʻayrioddiy ob-havo hodisalaridan tortib, oʻzga sayyoraliklar yoki Atlantis aholisi tomonidan oʻgʻirlanishigacha. Biroq, skeptiklarning taʼkidlashicha, Bermud uchburchagida kemalarning yoʻqolishi dunyo okeanining boshqa hududlariga qaraganda tez-tez sodir boʻlmaydi va tabiiy sabablar bilan izohlanadi. Hududda harakat qilish juda qiyin: u yerda juda koʻp sayozliklar bor, siklonlar va boʻronlar koʻpincha paydo boʻladi. Shu bilan birga, Karib dengizidan Yevropaga va AQShning sharqiy qirgʻogʻidan Janubiy Amerikaga mashhur suv va havo yoʻllari ushbu hudud orqali oʻtadi va shuning uchun bu yerda navigatsiya juda faol. AQSh Sohil Xavfsizlik xizmati va Lloyd’s sugʻurta bozori ham xuddi shunday fikrda. Taxminlarga koʻra, maʼlum vaqtlar orasida dengizda infratovush hosil boʻladi, bu ekipaj aʼzolariga taʼsir qiladi, vahima va gallyutsinatsiyalarni keltirib chiqaradi, natijada kemalar halokatga uchrashi kuzatiladi.

Bermud uchburchagi

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]