Asad koʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asad koʻli
بحيرة الأسد?
36°0′0″N 38°10′16″E / 36.00000°N 38.17111°E / 36.00000; 38.17111 G OKoordinatalari: 36°0′0″N 38°10′16″E / 36.00000°N 38.17111°E / 36.00000; 38.17111 G O
Asad koʻli (chapda), Tabqa toʻgʻoni (markazda) va Baas GES (oʻngda). Rasm 1996-yil STS-78dan olingan. Shimol suratning yuqori chap burchagida.
Asad koʻli (chapda), Tabqa toʻgʻoni (markazda) va Baas GES (oʻngda). Rasm 1996-yil STS-78dan olingan. Shimol suratning yuqori chap burchagida.
MamlakatSuriya Suriya
RegionRaqqa muhofazasi
Yuzasi525 km2 (203 mi²) km²
Hajmi10 km3 (2.4 cu mi) km³

Asad koʻli (arabcha: بحيرة الأسد, Buhayrat al-Assad) Suriyaning Raqqa muhofazasida joylashgan Furot daryosidagi suv ombori. 1974-yilda Tabqa toʻgʻoni qurilishi tugagandan soʻng tashkil qilingan. Asad koʻli Suriyaning eng katta koʻli boʻlib, maksimal sigʻimi 11.7 cubic kilometre (2.8 cu mi) va maksimal yuzasi maydoni 610 square kilometre (240 mi²). Katta kanallar tarmogʻi Asad koʻli suvini Furotning ikkala qirgʻogʻini sugʻorish uchun tashiydi. Bundan tashqari koʻl Halab shahrini ichimlik suvi bilan taʼminlaydi va baliqchilik sanoatini qoʻllab-quvvatlaydi. Asad koʻli qirgʻoqlari muhim ekologik zonalarga aylantirilgan.

Loyiha tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Furot daryosining Suriyadagi qismida toʻgʻon qurish boʻyicha dastlabki rejalar 1927-yilga borib taqaladi, ammo bular amalga oshirilmadi. 1957-yilda Sovet Ittifoqi bilan Furot daryosida toʻgʻon qurish uchun texnik va moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida, 1960-yilda Gʻarbiy Germaniya bilan moliyaviy kelishuv imzolandi. Loyihani moliyalashtirish boʻyicha yana bir kelishuv 1965-yilda Sovet Ittifoqi bilan imzolangan[1]. Loyiha Tabqa toʻgʻonidagi gidroelektrostansiyani va Furot daryosining har ikki tomonidagi 640,000 hectoare (2,500 mi²) yerni sugʻorish imkoniyatiga ega boʻlgan ulkan sugʻorish tarmogʻini qurishni oʻz ichiga olgan[2][3]. Toʻgʻonning qurilishi 1968-yildan 1973-yilgacha davom etdi va 1974-yilda Furot oqimini kamaytirish orqali suv omborini suv bilan toʻldirish boshlandi. Loyiha Hofiz Asad prezidentligida uning modernizatsiya siyosati va qishloq xoʻjaligidagi islohotlari doirasida yakunlandi[4]. 1975-yilda Iroq Furot oqimining maqbul darajadan pastga tushganidan shikoyat qildi va Tabqa toʻgʻonini bombalash bilan tahdid qildi. Saudiya Arabistoni va Sovet Ittifoqining vositachiligi oxir-oqibat bu bahsni hal qildi[5].

Asad koʻli hududida qutqaruv qazish ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suv omborining shakllanishi arafasida 1963—1974-yillar oraligʻida arxeologik qutqaruv qazishmalarining intensiv, xalqaro dasturi amalga oshirildi. Qazishmalar obyektlar davri boʻyicha — Soʻnggi Natufn davridan to Usmonli imperiyasigacha amalga oshirildi. Qazilgan joylar orasida Tell Abu Hureyra, Emar, Habuba Kabira, Mureybet, Tell es-Sveyhat, Tell Fray va Dibsi Faraj bor. Qal’at Jaberda tepalikdagi qal’a keyinchalik orolga aylangan, himoya muzligi qurilgan va Mureybet va Maskanadagi ikkita minora toshqin zonasidan tashqariga koʻchirilgan[6].

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asad koʻlining maksimal sigʻimi 11.7 cubic kilometre (2.8 cu mi) boʻlib, 610 square kilometre (240 mi²) maydonni egallaydi va bu Suriyadagi eng katta koʻl sanaladi. Biroq, 9.6 cubic kilometre (2.3 cu mi) lik haqiqiy sigʻimi maksimaldan ancha past boʻlib, natijada sirt maydoni 447 square kilometre (173 mi²) tashkil qiladi[7]. Taklif etilayotgan sugʻorish sxemasi bir qator muammolar, jumladan, Asad koʻli atrofidagi qayta tiklangan tuproqlarda gips miqdori koʻpligi, tuproq shoʻrlanishi, Asad koʻli suvini taqsimlovchi kanallarning qulashi va fermerlarning qayta tiklangan hududlarga koʻchib oʻtishni istamasligi bilan yuzlashdi. Natijada, 1984-yilda Asad koʻlidan bor-yoʻgʻi 60,000 hectoare (230 mi²) maydon sugʻorildi[8]. 2000-yilda sugʻoriladigan yer maydoni 124,000 hectoare (480 mi²) koʻtarildi, bu prognoz qilingan 640,000 hectoare (2,500 mi²) 19 foizini tashkil qiladi[9][10]. Asad koʻli Halab ichimlik suvining eng muhim manbai boʻlib, shaharni quvur orqali yiliga 80,000,000 cubic metre (2.8×109 cu ft) ichimlik suvi bilan taʼminlaydi[2]. Koʻl baliqchilik sanoatini ham qoʻllab-quvvatlaydi[11].

Refer to caption
Tabqa toʻgʻoni (Barrage de Tabqa) va undan toʻgʻridan-toʻgʻri gʻarbda joylashgan Asad koʻli joylashgan Furot havzasining Suriya-Turkiya qismi xaritasi (fransuz tilida).

Koʻlning gʻarbiy qirgʻogʻi muhim botqoqli hududga aylandi. Janubi-sharqiy qirgʻoqda baʼzi hududlar doimiy yashil daraxtlar, jumladan, Halab qaragʻaylari va Furot teraklaridan tashkil topgan oʻrmon bilan qoplangan. Asad koʻli koʻchmanchi qushlar uchun muhim qishlash joyi boʻlib, hukumat 2004-yilgacha ayrim qirgʻoq hududlarini ovchilardan himoya qilish uchun kirish yoʻllarini pasaytirish orqali choralar koʻrgan. Jazirat at-Savra oroli qoʻriqxona deb belgilangan[12].

Suriya fuqarolar urushi davomida Asad koʻlidagi suv sathi sezilarli darajada pasaydi. Bu pasayish, ehtimol, Tabqa toʻgʻonidagi elektr stansiyasi bilan bogʻliq boʻlib, u koʻl Furotdan olayotgan suvidan koʻra koʻproq suv chiqargan[13].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bourgey, André (1974), „Le barrage de Tabqa et l'amenagement du bassin de l'Euphrate en Syrie“, Revue de Géographie de Lyon (fransuzcha), 49 (4): 343–354, doi:10.3406/geoca.1974.1658, ISSN 1960-601X
  2. 2,0 2,1 Shapland, Greg (1997), Rivers of discord: international water disputes in the Middle East, New York: Palgrave Macmillan, ISBN 978-0-312-16522-2
  3. Adeel, Zafar; Mainguet, Monique (2000), Summary Report of the Workshop, New Approaches to Water Management in Central Asia, United Nations University/ICARDA, 208–22-bet
  4. Reich, Bernard. Political Leaders of the Contemporary Middle East and North Africa: A Biographical Dictionary. Greenwood Publishing Group, 1990. ISBN 978-0-313-26213-5. 
  5. Kaya, Ibrahim (1998), „The Euphrates–Tigris basin: An overview and opportunities for cooperation under international law“, Arid Lands Newsletter, 44, ISSN 1092-5481
  6. Bounni, Adnan (1977), „Campaign and exhibition from the Euphrates in Syria“, The Annual of the American Schools of Oriental Research, 44: 1–7, ISSN 0066-0035, JSTOR 3768538
  7. Jones, C.; Sultan, M.; Yan, E.; Milewski, A.; Hussein, M.; Al-Dousari, A.; Al-Kaisy, S.; Becker, R. (2008), „Hydrologic impacts of engineering projects on the Tigris–Euphrates system and its marshlands“, Journal of Hydrology, 353 (1): 59–75, Bibcode:2008JHyd..353...59J, doi:10.1016/j.jhydrol.2008.01.029, ISSN 0022-1694
  8. Collelo, Thomas (1987), Syria: A Country Study, Washington: GPO for the Library of Congress, OCLC 44250830
  9. Elhadj, Elie (2008), „Dry aquifers in Arab countries and the looming food crisis“, Middle East Review of International Affairs, 12 (3), ISSN 1565-8996[sayt ishlamaydi]
  10. Mutin, Georges (2003), „Le Tigre et l'Euphrate de la discorde“, VertigO (fransuzcha), 4 (3): 1–10, doi:10.4000/vertigo.3869, ISSN 1492-8442
  11. Krouma, I. (2006), „National Aquaculture Sector Overview. Syrian Arab Republic. National Aquaculture Sector Overview Fact Sheets“, FAO Fisheries and Aquaculture Department, FAO, qaraldi: 15 December 2009
  12. Murdoch, D. A.; Vos, R.; Abdallah, A.; Abdallah, M.; Andrews, I.; al-Asaad, A.; van Beusekom, R.; Hofland, R.; Roth, T.; Saveyn, B.; Serra, G.; Wells, C. (2005), A Winter Survey of Syrian Wetlands. Final Report of the Syrian Wetland Expedition, January – February 2004, London: privately published, OCLC 150245788
  13. „ISIS And Assad Waging A 'Water War,' Draining Key Lake That May Make A Bad Situation Even Worse“. International Business Times (2014-yil 7-iyul). Qaraldi: 2017-yil 9-oktyabr.