Antuan Arno (tadbirkor)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Antuan Arno (fransuzcha: Antoine Arnault; 1977-yil 4-iyun , Rube, Fransiya) — fransuz tadbirkori. „Berluti“ kompanisining bosh direktori, shuningdek, Loro Piana direktorlar kengashining raisi.

Erta hayot va taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antuan Arno Monrealdagi biznes tadqiqotlari va INSEAD biznes maktabini tamomlagan.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arno oʻz faoliyatini Louis Vuitton reklama boʻlimida boshlagan. 2005-yil u direktorlar Kengashiga nomzod boʻldi. 2007-yilda esa aloqa boʻyicha direktor etib tayinlanadi.

2012-yilda siyosiy arboblar (M. S. Gorbachyov), professional sportchilar (Muhammad Ali, Zinedin Zidan) va mashhurlar (Sean Connery, „Frensis Ford Koppola“, „Keyt Richards“) ishtirokidagi „asosiy qadriyatlar“ kampaniyasining muallifidir.

2008-yilda u Fransiyaning yirik kundalik jurnali Les Echos mustaqil tahririyat qoʻmitasiga nomzod boʻldi.

2009-yilda u yosh halqaro yetakchilar (Young Global Leaders) roʻyxatiga kirdi.

2011-yilda Arno LVMH „maxsus kunlar“ tadbirini boshladi, uning maqsadi seminarlar oʻtkazish orqali barchani konglomeratning mahorati va merosi bilan tanishtirish edi. 2013-yilda u tashabbusni takrorladi va ommaviy seminarlar sonini ikki baravarga koʻpaytirdi va ularning umumiy sonini 42-taga yetkazdi.

2011-yildan buyon u Berluti „bosh direktori“ va LVMH brendini ishlab chiqish bilan shugʻullanmoqda, Kaliforniya, Dubay va Nyu-Yorkda doʻkonlar ochmoqda. U dizayner Alessandro Sartorini, brendning rang-barang uy poyabzallaridan tortib hashamatli erkaklar kiyimlarigacha kengaytirish uchun ishga jalb qildi. Antuan Arno oʻzining yorqin poyabzallari va zamonaviy kesilgan klassik kiyimlari bilan brendni rivojlantirishga 100 million evro sarmoya ajratdi.

Uning rahbarligi ostida Berluti biznesi uch yil ichida 45-million dollardan yiliga 130-million dollargacha oʻsdi.

2013-yilda Antuan Arno LVMH konglomerati tomonidan brendni sotib olganidan soʻng, kashmir va jundan yuqori saviyadagi kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi Loro Piana kompaniyasining direktorlar kengashi raisi boʻldi.

Antuan Arno hashamatli sanoat va uning kelajagi haqida bir qancha nutqlar soʻzladi. 2015-yilda „Condé Nast jurnali“ konferensiyasida u isteʼmolchilarning kundalik hayotda raqamli vositalardan foydalanishi hashamatli brendlarini bunday texnologiyalar orqali isteʼmolchilar eʼtiborini jalb qilishga undashini taʼkidladi[1].

Direktorlar kengashi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arno LVMH direktorlar kengashida ishlaydi, 2012-yil noyabr oyidan beri Comité Colbert boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlib hisoblanadi. U 2013-yil noyabr oyidan beri fransuz nashriyotini nazorat qiluvchi Madrigall „xolding kompaniyasi“ direktorlar kengashining aʼzosi boʻlib kelmoqda.

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antuan Arno Bernard Arno va uning birinchi rafiqasi Anna Devavrenning oʻgʻli hisoblanadi. U Delfin Arnoning ukasidir. Arnoni otasining kanadalik pianinochi Xelen Mersier bilan ikkinchi nikohidan uchta ukasi bor. Zamonaviy sanʼatga qiziqadi .

2011-yildan boshlab top model va xayriyachi Natalya Vodianova bilan yaqin munosabatda boʻlgan. Ularning ikkita oʻgʻli bor: 2014-yil 2-mayda tugʻilgan Maksim va 2016-yil 4-iyunda tugʻilgan Roman[2].

2020-yil 1-yanvarda Antuan va Natalya oʻzlarining nikohlarini eʼlon qilishdi. 2020 yil 19-sentabrda Parij meriyasida Antuan va Natalya nikohni roʻyxatdan oʻtkazdilar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Technological revolution can help luxury get back to its roots, says Berluti CEO“. Luxury Daily. Sarah Jones. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
  2. „Natalia Vodianova Had Her Fifth Baby! A Russian Supermodel Gifting Guide“ (2016-yil 8-aprel). 2016-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyun.