Amir Muzaffarxon masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amir Muzaffarxon masjidi
Muqobil nomlari Amir Muzaffarxon masjidi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi masjid
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XIX asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Amir Muzaffarxon masjidi – Buxoro viloyati, Kogon tumani, Qasri Orifon qishlogʻi, Bahouddin Naqshband meʼmoriy majmuasidagi masjid. Masjid Buxoroda hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi hukmdori Amir Muzaffarxon (1860–1885) tomonidan bunyod etilgan. Masjidga Bob us-salom darvozasi orqali kirib boriladi. Masjid Bahouddin Naqshband dahmasi oldida joylashgan[1]. Meʼmoriy majmua XIX asrga toʻgʻri keladi va katta oynali derazali oynalar bilan oʻralgan. Amir Muzaffarxon hukmronligi davrida diniy ishlar bilan dunyoviy ishlarga ham eʼtibor bergan. Amir Muzaffarxon oʻgʻli Amir Abdulahadxonga shunday vasiyat qoldirgan: „Senga shuni vasiyat qilamanki, doimo taqvodor va parhezli boʻlgin. Islom shariati amirlari va Rasuli alayhi vasallam sunnatlarini toʻla bajarib tur. Biz hammamiz bu foniy dunyodan dorulbaqoga ketguvchilarmiz[1]“. Masjid tashqi tomonida ayvon bo'lib, 5 ustundan iborat[2]. Jome masjidida katta shamdonlar, fonuslar va tuyakash (shturmurgʻ) tuxumlari osilgan boʻlgan. Shuningdek masjid ayvonida shamol kuchi bilan aylanib turilgan. Obida tashqi koʻrinishi oynali derazalar va 2 ta eshikdan iborat. Masjid ichkari tomonida ustunlar boʻlib, oʻrtasida mehrob mavjud. Ammo 1940–1950-yillarda ular buzib tashlangan. Ushbu holatni arxiv fotosuratlaridan koʻrish mumkin. Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida Amir Muzaffarxon masjidida Buxoro meʼmorlari Ahmad Bobomatov va Ochil Bobomurodov boshchiligidagi ustalar tomonidan qayta taʼmirlangan. Masjidning ichkarisini taʼmirlashda Gʻaybulla Barotov, Mubin Moʻminov, Naim Sharipov, Maqsud Moʻminov, Shavkat Moʻminov, Shokir Moʻminov kabilar ishtirok etgan. Masjid Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Amir Muzaffarxon masjidi qurilishida pishgan gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan foydalanilgan[3].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Йўлдошев 2019, s. 77.
  2. Бобожонов 2019, s. 182.
  3. Йўлдошев 2019, s. 78.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Бобожонов Ш. Шариф шаҳар ёдгорликлари, Бухоро, 2017 — 310 bet. 
  • Йўлдошев Н., Бобожонов Ш. Баҳоуддин Нақшбанд тарихий меъморий мажмуаси. Тошкент: Наврўз нашриёти, 2019 — 113 bet.