Akmal Burxanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akmal Burxanov
 III chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1981-yil 26-may
Namangan viloyati,O'zbekiston SSR
Fuqaroligi O'zbekiston
Siyosiy partiyasi "Adolat" sotsial demokratik partiyasi
Onasi Axrarova Dilbar
Otasi Burxanov Eshondeda Ubraimovich
Ilmiy unvoni Yuridik fanlar doktori
Maʼlumoti Oliy yuridik

Akmal Burxanov Eshondedayevich (tug'.1981-yil 26-may, Namangan viloyati, O'zbekiston SSR, SSSR) — O'zbek jamoat va siyosiy arbobi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi III-IV chaqiriq deputati, "Yuksalish" umummilliy harakatining raisi (2019-2020), 2020-yil 14-iyuldan O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi direktori.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akmal Burxanov 1981-yil 26-mayda Namangan shahrida tug'ilgan.

2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (TDYUI) imtiyozli diplom bilan tugatib, bakalavr darajasini olgan.

2001-mehnat faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida boshlagan[1].

2002-2008-yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida bo'lim boshlig'i lavozimida ishlagan.

2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (TDYUI) imtiyozli diplom bilan tugatib, Magistr darajasini olgan..

2007-yilda Nagoya universitetini tugatgan. U ushbu universitetning doktorantidir[2].

2006-yilda Yaponiyaning "Toyota Gosei" kompaniyasida stajirovka o'tagan.

2009-yilda Rossiya Huquq Akademiyasida Вstajirovka o'tagan.

2009-2015-yillarda Nagoya universitetining O'zbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori bo'lib ishlagan.

2014-yilda u O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi aʼzosi.

2015-yildan beri O'zbekiston-Yaponiya parlamentlararo guruh aʼzosi[3].

YXHT Parlament Assambleyasi aʼzosi.

"O'zbekiston-AQSh" parlamentlararo guruhi aʼzosi.

2017-yil fevral oyida "Taraqqiyot strategiyasi" markazining ijrochi direktori etib tayinlandi[4].

2017-yildan boshlab Fuqarolik jamiyati institutlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha parlament komissiyasining aʼzosi.

2018-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha maslahat kengashi aʼzosi[4].

2019-yilda ikkinchi marta O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

2019-yildan "Yuksalish" Umummilliy harakati raisi[5].

2020-yildan O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori[5].

2020-yildan O'zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi.

2023-yil "Yuridik fanlar doktori" (Doctor of Science) iimiy darajasini olgan.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "O'zbekiston mustaqilligiga 25 yil" esdalik nishoni (2016)
  • "O'zbekiston konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishoni (2017)
  • "Shuhrat" medali (2018)[6]
  • "O'zbekiston konstitutsiyasiga 30 yil" esdalik nishoni (2021)
  • «Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlariga 30 yil» ko'krak nishoni (2022)
  • «Oʻzbekiston prokuraturasiga 30 yil» esdalik nishoni (2022)
  • «Davlat bojxona xizmatiga 30 yil» esdalik nishoni (2022)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]