Adiblar xiyoboni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adiblar xiyoboni
Adiblar xiyoboni
Joylashuvi Chilonzor tumani, Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°18′10″N 69°14′08″E / 41.30267480869156°N 69.23558838385217°E / 41.30267480869156; 69.23558838385217 G OKoordinatalari: 41°18′10″N 69°14′08″E / 41.30267480869156°N 69.23558838385217°E / 41.30267480869156; 69.23558838385217 G O
Turi xiyobon
Asosiy sanalar 2017, 2020
Map
Adiblar xiyoboni xaritada
Adiblar xiyoboni Vikiomborda

Adiblar xiyoboni — Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Milliy bogʻ hududidagi xiyobon. Hududi 8 gektardan ortiq[1].

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Toshkent muzeyi ham Adiblar xiyobonida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 3-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy bogʻga kelganda Adiblar xiyoboni barpo etilishi boʻyicha taklif berdi[2]. 2017-yil 18-aprel kuni PQ-2894 sonli qarori qabul qilindi[3].

2020-yil 20-mayda xiyobon Shavkat Mirziyoyev ishtirokida rasman ochildi[1].

Adiblar xiyobonidagi haykallar dastlab gipsdan ishlanib, oʻrnatilgan. 2020-yil oktyabr va noyabr oylarida 11 ta haykal bronza variantiga almashtirilgan. Maqsud Shayxzoda haykali boshidan bronzadan yasalib, oʻrnatilgan[4]. Gips haykallar 2021-yil 11-fevral kuni Badiiy akademiya tomonidan olib ketilgan va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Haykaltaroshlik yoʻnalishi talabalariga koʻrgazmali qurol sifatida foydalanish uchun berilgan[5].

Xiyobondagi yodgorliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adiblar xiyobonidagi Ogahiy haykali

Xiyobon rasman ochilgan vaqtda unda 25 nafar yozuvchi va shoir haykali oʻrnatilgan. Bular, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Furqat, Muhammad Rizo Ogahiy, Muqimiy, Berdaq, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Zulfiya, Oybek, Maqsud Shayxzoda, Abdulla Qahhor, Said Ahmad va Saida Zunnunova, Toʻlepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Ozod Sharafiddinov, Abdulla Oripov, Aleksandr Faynberg, Muhammad Yusuf[6].

Xiyobonda oʻrnatilgan birinchi haykal Alisher Navoiy haykali boʻlib, u 1991-yilda barpo etilgan. Keyinchalik 2007-yili Abdulla Qahhor, 2010-yili Oybek, 2013-yili Said Ahmad va Saida Zunnunova xotiralariga bagʻishlab yodgorlik majmualari oʻrnatilgan[3].

2017-yilning noyabr-dekabr oylari[7] Hamid Olimjon haykali Mirzo Ulugʻbek tumani Hamid Olimjon metro bekati oldidagi maydondan, Gʻafur Gʻulom haykali Chilonzor tumani Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻidan, Zulfiya haykali Oʻzbekiston Davlat Sanʼat muzeyi yonidagi xiyobondan Adiblar xiyoboniga koʻchirib keltirilgan[3].

PQ-2894-sonli qarorda Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf haykallari barpo etilishi koʻzda tutilgan[3].

2020-yil yanvarda yana 11 nafar mutafakkir — Bobur, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Abdulla Avloniy, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Ibroyim Yusupov, Toʻlepbergen Qayipbergenov, Aleksandr Faynberglar haykallari ham barpo etilishi maʼlum boʻldi[8]. Yakuniy roʻyxatga Berdaq va Maqsud Shayxzoda haykallari ham kiritilgan va xiyobon hozirgi koʻrinishni olgan.

Xiyobondagi haykallar 2019-yilgi Vazirlar Mahkamasining 846-sonli qarori bilan arxitektura yodgorligi sifatida Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[9].

Transport vositalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adiblar xiyoboniga eng yaqin metro bekati Chilonzor yoʻlining Milliy bogʻ bekatidir. Shuningdek, 13, 56, 84, 150 yoʻnalishli avtobuslar hamda 4i, 12i, 40i, 182m yoʻnalishli taksilar orqali borish mumkin[10].

Toshkent muzeyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent muzeyi sobiq Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati koʻrgazmasi binosida joylashgan[11]. Ushbu bino Yozuvchilar uyushmasi tasarrufiga oʻtkazilgan[3].

Yozuvchilar uyushmasi binosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adiblar xiyoboni hududida 2017-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi uchun yangi bino qurilishi boshlangan[3] va dekabr oyida foydalanishga tayyor holatga keltirilgan[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Toshkentda Adiblar xiyoboni ochildi“. Toshkent: Gazeta.uz. Afisha Media (2020-yil 20-may). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  2. „Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий боғида Адиблар хиёбони барпо этилади“. Daryo.uz. Simple Networking Solutions (2017-yil 20-aprel). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risidagi PQ-2894-sonli prezident qarori“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  4. „Kun fotosi: Adiblar xiyobonidagi haykallar almashtirilmoqda“. Xabar.uz. Xabar gazetasi (2020-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  5. „Yozuvchilar uyushmasi: Adiblar xiyobonidagi gips haykallar olib ketilgan“. Kun.uz. Web Expert (2021-yil 24-fevral). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  6. „Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning ibratli hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini biriktirish RO‘YXATI (Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 502-son qaroriga 2-ilova)“. lex.uz. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2020-yil 24-avgust). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  7. „Foto: Toshkentdagi Hamid Olimjon haykali Adiblar xiyoboniga ko‘chdi. Zulfiya va G‘afur G‘ulomdan so‘ng“. Daryo.uz. Simple Networking Solutions (2017-yil 9-dekabr). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  8. „Adiblar xiyobonida yana 11 shoir-yozuvchiga haykal o‘rnatiladi“. Daryo.uz. Simple Networking Solutions (2020-yil 13-yanvar). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  9. „Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 846-sonli qarori“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  10. „Milliy bog` Jamoat transporti bekati“. yandex.uz/maps. Yandex Maps. Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  11. „Prezident O‘zbekiston Milliy bog‘iga bordi“. Qalampir.uz (2020-yil 11-yanvar). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  12. „Foto: Milliy bog‘dagi Adiblar xiyoboni“. Kun.uz. Web Expert (2017-yil 23-dekabr). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.