Abdurauf Qorjovov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurauf Qorjovov
Tavalludi
Poyariq tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Abdurauf Qorjovov (1956-yil 21-sentyabr, Payariq tumani, Oʻzbekiston SSR — 2024-yil 7-may, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, uzoq yillar mobaynida MTRKning „Axborot“ dasturida faoliyat olib borgan. 2020-yildan esa „Yangi Oʻzbekiston“ gazetasida ishlab kelgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurauf Qorjovov 1956-yil 21-sentyabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida tugʻilgan. 1981-yil Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tugatgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurauf Qorjovov dastlabki faoliyatini „Oʻzbekiston ovozi“ gazetasida musahhih, keyinroq muxbirlikdan boshlagan. 1992—2019-yillar mobaynida Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida muxbir, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, direktor oʻrinbosari, „Oʻzbekiston 24“ teleradiokanali bosh muharriri kabi turli lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jurnalist 2024-yil 7-may kuni vafot etdi[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Taniqli jurnalist Abdurauf Qorjovov vafot etdi“ (uz-UZ). www.xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 7-may.
  2. uz, Kun „Jurnalist Abdurauf Qorjovov vafot etdi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 7-may.