Abdulhamid Miridiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Miridiyev Abdulhamid Maxsum Pochcha Eshon — 62 yoshda, o‘zbek, Norin rayoni Chambil qishlog‘idan, 1930 yili quloqqa tortilgan, Yashik masjidida imom. Norin, Uchqo‘rg‘on rayonlarida aksilinqilobiy tashkilotning sho‘balari tashkilotchisi rahbari sifatida, Shiralichek qishlog‘ida ruhoniylarning nolegal kengashlarida aksilinqilobiy guruhni tashkiliy jihatdan rasmiylashtirganlikda, vazifalarni taqsimlaganlikda antisovet va isyonkor unsurlarni jalb qilish va qurol-aslaha sotib olish uchun harakat qilganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 87 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.