Zamira Halimova
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Zamira Halimova. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Zamira Halimova“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Halimova qaydlar • oʻchirish |
Zamira Halimova | |
---|---|
Tavalludi |
9-yanvar 1965-yil Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
Taʼlimi | Toshkent davlat tibbiyot instituti |
Ilmiy darajasi | tibbiyot fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Zamira Yusupovna Halimova (1965-yil 9-yanvar, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zamira Halimova 1965-yil 9-yanvar Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan[1]. 1988-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1998—2002-yillarda London universitetiga qarashli Muqaddas Varfolomey klinikasida doktorantura yoʻnalishida ilmiy stajirovkada boʻlgan. 1996—2002-yillarda respublika Endokrinologiya ilmiy tekshirish instituti „Neyro endokrinologiya“ laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, 2005—2009-yillarda mazkur laboratoriya mudiri, 2009-yildan respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi „Neyroendokrinologiya va gipofiz jarrohligi“ ilmiy boʻlimi mudiri va 2017-yildan markaz direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari[1].
Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1994-yilda „Nevrologiya“ mutaxassisligi boʻyicha „Geliogeofizik omillarning miya insultlari kelib chikishi va kechishiga taʼsiri“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yilda „Gipofiz adenomalari, ularning zamonaviy tashxisi, davo usullari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2000-yildan tibbiyot fanlari doktori[1]. 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston endokrinologlari assotsiatsiyasining kotibi, 2017-yildan hozirgi vaqtga qadar shu assotsiatsiya raisining oʻrinbosari, 2007-yildan „Oʻzbekistonda diabet holati“ tibbiy jurnalining muharriridir. „Sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Zamira Halimovaning ilmiy yoʻnalishi gipofiz, buyrak usti bezi oʻsmalari, ularning genetik asoslari, tarqalishi, respublika miqyosida zamonaviy davo usullari tadqiqotiga qaratilgan[1].