Yovvoyi yoʻrgʻa
Muallif(lar) | Ernest Thompson Seton |
---|---|
Tarjimon(lar) | Togʻay Murod |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | hikoyalar |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1989 |
Sahifalar soni | 432 |
ISBN | ISBN 5-635-00386-9 |
„Yovvoyi yoʻrgʻa“, toʻliq nomi „Yovvoyi yoʻrgʻa: Jonivorlar haqida hikoyalar“ — kanadalik yozuvchi Ernest Thompson Seton qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. 1989-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1]
Hikoyalarni Togʻay Murod 1936-yil Moskvada „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan „Домино“ hamda 1983-yil „Pravda“ nashriyotida chop etilgan „Рассказы о животных“ kitoblariga asoslanib ruschadan oʻzbekchaga oʻgirgan. Kitob rasmlarini Thompson Setonning oʻzi chizgan.
Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Qudratova – muharrir, A. Kiva – rassom, A. Bobrov – rasmlar muharriri, E. Saidov – texnik muharrir, S. Tohirova – musahhih. Kitob adadi – 90 000 nusxa.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Yovvoyi yoʻrgʻa“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.