Svetlana Podobedova
Svetlana Nikolayevna Podobedova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Tavallud paytidagi ismi | Светлана Николаевна Подобедова |
Fuqaroligi | Qozogʻiston |
Tavallud sanasi |
1986-yil 25-avgust Zima, Rossiya |
Boʻyi | 165 sm |
Vazni | 75 kg |
Sport | |
Qaysi sport | Ogʻir atletika |
Mukofatlari | ||||
---|---|---|---|---|
Womenʼs Weightlifting | ||||
Jahon chempionati | ||||
Qola | Doha 2005 | 75 kggacha | ||
Oltin | Koyan 2009 | 75 kggacha | ||
Oltin | Antaliya 2010 | 75 kggacha | ||
Kүmіs | Parij 2011 | 75 kg | ||
Yevropa chempionati | ||||
Oltin | Kiyev 2004 | 75 kggacha | ||
Oltin | Sofiya 2005 | 75 kggacha | ||
Qozogʻiston | ||||
Osiyo oʻyinlari | ||||
Oltin | Guanjou 2010 | 75 kg deyіn | ||
Davlat mukofotlar
|
Svetlana Nikolayevna Podobedova (1986-yil 25-avgust, Irkutsk viloyati, Rossiya) — qozogʻistonlik ogʻir atletikachi. Rossiyadan hijrat qilgan sportchi (Zima shahridan).
2012-yili Olimpiada chempioni ismi chiqqani bilan, 2016-yilda XOQ uni doping bahonasi bilan yoʻqqa chiqarilgan.
2007-yilgacha Rossiya terma jamoasi qatorida boʻlgan. 2007-yilda Svetlana Qozogʻiston fuqaroligini oldi. Ikki karra jahon chempioni (2009, 2010), ikki karra Yevropa chempioni (2004, 2005), Qozogʻiston chempioni (2010, 2011, 2012), Osiyo (2009) va Osiyo oʻyinlari (2010) chempioni hisoblanadi. 2011-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori. Ogʻirlik koʻtarishda 134 kg jahon rekordini oʻrnatdi. Svetlana Podobedova ham juftlik bahslarida 295 kg vaznda jahon rekordini oʻrnatdi.
2007-yilda Svetlana Podobedova va murabbiyi Qozogʻiston ogʻir atletika federatsiyasi bilan muzokara olib borib, Qozogʻiston nomidan ishtirok etishga rozi boʻldi. Biroq Rossiya ogʻir atletika federatsiyasi bu harakatini maʼqullamadi, Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasiga ariza berdi. Chunki qoidalarga koʻra, istalgan ogʻir atletikachi boshqa davlatning fuqaroligini qabul qilganidan keyin ikki yil oʻtgandan keyingina rasmiy xalqaro musobaqalarda qatnash oladi. Shunday qilib, u toʻrt yillikning asosiy musobaqasi Pekin Olimpiadasini oʻtkazib yubordi. 2009-yilda Podobedovaning Olmaotaga kelganidan ikki yildan oʻtgach, u Qozogʻiston nomidan musobaqalarda qatnasha oldi.[1]
2009-yilgi jahon chempionatida tosh koʻtarish boʻyicha 130 kg koʻtarib jahon rekordini oʻrnatgan boʻlsa, siltab koʻtarish musobaqasida 160 kg toshni koʻtarib, mutlaq jahon rekordi bilan 2-oʻrinni egallagan Sao Leydan (Xitoy) 23 kg oldinga chiqdi. Podobedova 2009-yilda yana jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritdi. Shu bilan birga, Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida uch marta jahon rekordini oʻzgartirdi.[2]
Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
- Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan sport ustasi.[3]
- „Qozogʻistonning eng yaxshi ayol sportchisi“ (2009, 2010).
- Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi tomonidan „Eng yaxshi ogʻir atletikachi“ (2010).
- IWRP profili
- „Parasat“ ordeni
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „МИГРАЦИОННЫЕ БЕДЫ ПОДОБЕДОВОЙ“ (deadlink). 31-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-aprel 2011-yil.
- ↑ „Вето на Подобедову“ (deadlink). «IWF». 2013-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2008-yil.
- ↑ Qazaqstan Respublikasinda kіmnің kіm ekenі. Yekі tomdiq aniqtamaliqalasi Almati, 2011 jil. ISBN 978-601-278-473-2