Oʻrtar
„Oʻrtar“ | |
---|---|
Murodjon Ahmedov qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 1969 |
Davomiyligi | 5:52 |
Matn muallif(lar)i | Mashrab |
Bastakor(lar) | Murodjon Ahmedov |
Klipi | |
„Oʻrtar“ YouTubeda |
„Oʻrtar“ — Mashrab g'azali, X.Jo'rayev musiqasi[1]. oʻzbek xonandasi va aktyori Murodjon Ahmedov ijro etgan qoʻshiq. „Oʻtgan kunlar“ filmida yangraganidan keyin shuhrat qozongan. Oʻzbek tilidagi eng koʻp kaver qilingan qoʻshiqlarning biri.
Ahmedovning oʻgʻli Farhodjon Ahmedovning soʻzlariga koʻra, „Oʻtgan kunlar“ filmi rejissori Yoʻldosh Aʼzamov hamda film bastakori Manas Leviyev „Oʻrtar“ qoʻshigʻini film kulminatsiyasida ishlatishga qaror qilgan. Filmda qahramon Otabek suyuklisi Kumush hajrida figʻon chekib, cholgʻuchidan „ajralish“ kuyini ijro etishni soʻrashi ortidan „Oʻrtar“ qoʻshigʻi yangraydi.
Qoʻshiqni bir necha xonanda, jumladan, Kamoliddin Rahimov, Nasiba Abdullayeva, Shuhrat Qayumov, Jahongir Otajonov, Kaniza, Aziz Rajabiy, Dilnoza Ismiyaminova va boshqalar kaver qilgan. Yulduz Usmonova esa „Oʻrtar“ nomi bilan butunlay yangi qoʻshiq ijro etgan, ammo ashula muqaddimasida hamda xotimasida Ahmedov versiyasini qisqa kuylagan. Shuningdek, qoʻshiq Oʻzbekiston boʻylab tuzilgan musiqiy guruhlar, jumladan, maqom ansambllari repertuariga kiritilgan[2].
Tanqidchilar qoʻshiq „Oʻtgan kunlar“ filmi uchun ideal tanlangan, degan fikrni ilgari surgan. Xususan, Hojiakbar Hamidov qoʻshiq „kinoga juda uygʻun“, degan:
Oʻzbeklarda yana bir gap bor. Yigʻlab koʻrishdi degan. Xudo rahmat qilsin Murodjon Ahmedov ijro qilgan bu qoʻshiq sasi kinoga juda uygʻun. Dramatik bariton deb tasniflanadigan Murod akaning ovozi Otabek va Kumush fojiasini talqin qilishga qodir boʻldi. „Oʻtgan kunlar“ kinosidagi bosh qahramon haëtini ostin-ustun qilgan ayriliq kunlarini aks ettirish uchun Boborahim Mashrabning gʻazali va Murodjon Ahmedovning ijrosi zarur edi[3].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ A.Hakimov, D.Ergasheva. Saraxbor (birinchi kitob). Namangan 2010-yil. 49-bet..
- ↑ „Yosh maqom ijrochilari“. Jarqoʻrgʻon tuman hokimligi. Jarqoʻrgʻon tuman hokimligi Axborot xizmati (7-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 17-iyul 2022-yil.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedOzodlik
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Oʻrtar“ YouTubeda
- „Oʻtgan kunlar“ filmidan lavha YouTubeda
- Kamoliddin Rahimov ijrosidagi kaver YouTubeda
- Nasiba Abdullayeva ijrosidagi kaver YouTubeda
- Shuhrat Qayumov ijrosidagi kaver YouTubeda
- Yulduz Usmonova ijrosidagi kaver YouTubeda
- Jahongir Otajonov ijrosidagi kaver YouTubeda
- Kaniza ijrosidagi kaver