Mavlono Toyiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Toyiriy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Astarobod shahridan ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Xusham ba ishq, garam roʻz-u roʻzgore nest,

Maro ba nek-u badi roʻzgor kore nest.

(Mazmuni: Garchi hayotim durust (farovon) oʻtmasa-da, ishq bilan shodman, boʻlak qismatim yoʻq. Turmushning yaxshiligi va yomonligi bilan ishim yoʻq)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.