Irmoq
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7b/Icon_river_tributary_L.svg/195px-Icon_river_tributary_L.svg.png)
Irmoq — katta daryoga quyiladigan daryo, soy, jilgʻa. Odatda, Irmoq oʻzi quyiladigan daryodan kamsuv, shuningdek, vodiysi boshqa tomonga yoʻnalgan boʻladi. Koʻl va b. ichki suv havzalariga quy-iladigan daryolar ham baʼzan Irmoq deyiladi. Geografik adabiyotlarida 1-, 2-, 3- va hokazo tartibli irmoklar farq kilinadi. Mas, biror daryoga bevosita qoʻshiladigan soylar 1- tartibli Irmoqlar, bu soylarga quyiladiganlari 2-tartibli Irmoq lar deyiladi va h. k. Ayrim turkiy tillarda, jumladan, usmonli turklar tilida Irmoq deganda umuman daryo tushuniladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |