Husniddin Norbekov
Xusniddin Qilichboyevich Norbekov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
23-may 1987-yil Navoiy, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | paralimpiya yengil atletikachi |
Medallar | |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Paraosiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Inchxon 2014 | |
Oltin | Jakarta 2018 | yadro F35 |
Yengil atletika boʻyicha jahon chempionati | ||
Oltin | Doha 2015 | disk F37 |
Bronza | Doha 2015 | yadro F37 |
Oltin | London 2017 | disk F37 |
Kumush | London 2017 | yadro F37 |
Oltin | Dubay 2019 | disk F37 |
Yozgi Paraosiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Tokio 2020 | disk F37 |
Bronza | Tokio 2020 | yadro F37 |
Oltin | Tokio 2020 | yadro F35 |
Xusniddin Qilichboyevich Norbekov (tugʻ. 1987-yil 23-may, Navoiy viloyati, OʻzSSR) — disk va yadro uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan oʻzbek yengil atletikachi, paralimpiya sportchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi va 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining Paralimpiya chempioni. Butunjahon yengil atletika boʻyicha uch karra jahon chempioni va yozgi Paraosiyo oʻyinlarining ikki karra chempioni sanaladi.
Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-yilda oʻzi oʻsgan Navoiy shahrida professional sport bilan shugʻullanishga bel bogʻlaydi. 2009-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni boshlaydi[1]. 2014-yilda Inchxon shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. 2015-yilda Dohada (Qatar) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida (XPT- xalqaro patent tasnifi) F37 toifasida disk uloqtirish boʻyicha oltin medal, yadro uloqtirishda esa bronza medali bilan taqdirlangan[3].
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida disk uloqtirish boʻyicha F37 toifasida oltin medalni qoʻlga kiritib, Olimpiya chempioni boʻldi[4]. Yadro uloqtirish bahslarida u oʻz toifasida Paralimpiya oʻyinlarining bronza medalini olishga muvaffaq boʻldi[5]. Ushbu yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xusniddinga "Oʻzbekiston iftixori" unvonini berdi[6].
2017-yilda Londonda (Buyuk Britaniya) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida (XPT) disk uloqtirishda oltin medal, yadro uloqtirishda kumush medalni oldi[7]. 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi[8]. 2019-yilda Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida (IPC) yadroni 17,32 metr masofaga uloqtirib, oltin medal sohibi boʻldi va F37 toifasidagi musobaqada jahon rekordini oʻrnatdi[9].
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u F35 toifasida yadroni 16,13 metr masofaga irgʻitib, oltin medalni qoʻlga kiritib, ikki karra Paralimpiya chempioni boʻldi[10]. Ayni shu yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xusniddin Norbekovga „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ unvonini berdi[11].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Khusniddin Norbekov Paralympic.org
- ↑ Paraaziatskie igri: na schetu sbornoy Uzbekistana 34 medali Gazeta.uz
- ↑ Xusniddin Norbekov zavoeval „bronzu“ ChM v Doxe (Wayback Machine saytida 2022-02-08 sanasida arxivlangan) Aloqada.com
- ↑ Athletics — Menʼs Discus F37 Paralympic.org
- ↑ Athletics — Menʼs Shot Put F37 Paralympic.org
- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan, ot 22.09.2016 g. № UP-4846 Lex.uz
- ↑ China finish top of medals table as World Para Athletics Championships conclude Insidethegames.biz
- ↑ Zolotaya medal i mirovoy rekord sportsmena Uzbekistana na Paraaziatskix igrax Sports.uz
- ↑ Perfect 10 for Durand at World Para Athletics Championships Insidethegames.biz
- ↑ Paralimpiada-2020. Xusniddin Norbekov zavoeval „zoloto“ Gazeta.uz
- ↑ O nagrajdenii gruppi sportsmenov i trenerov, dobivshixsya visokix rezultatov na XVI letnix Paralimpiyskix igrax v gorode Tokio Uza.uz