Gʻijduvon (futbol klubi)
Gʻijduvon | |||
Toʻliq nomi | “Gʻijduvon” Futbol klubi | ||
Laqabi | Gʻijduvonliklar | ||
Asos solingan | 1991-yil | ||
Stadion | „Gʻijduvon“ | ||
Stadion hajmi | 5000 | ||
Bosh direktori | Bobur Qodirov | ||
Murabbiyi | Hakim Fuzaylov | ||
Musobaqasi | Oʻzbekiston Pro-ligasi | ||
2018-yil | 3 | ||
|
„Gʻijduvon“ – Oʻzbek futbol klubi, Buxoro viloyati, Gʻijduvon shahri.
1991-yilda „Zarangar“ nomi bilan jamoa faoliyati boshlangan. 1993-yildan boshlab Gʻijduvon nomi bilan atalib keladi. 2013-yildan klub professional jamoa sifatida qayta jonlangan.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1992-yili Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida oʻynay boshlagan va soʻnggi, 16-oʻrinni egallab (17 oʻyindan soʻng musobaqani tark etgan) Ikkinchi liga tarkibiga qoʻshilgan.
Keyingi yillarda Buxoro viloyati chempionati va Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida ishtirok etgan. Klub bir muddat vaqtincha faoliyatini toʻxtatgan, biroq 2013-yilda qayta tiklangan.
2014-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp surgan. Final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan klub, soʻnggi bosqichda Gʻarbiy guruhda 12 jamoa orasida 11-oʻrinni qayd etgan.
2015-yilda Birinchi liga bahslarida ham ishtirok etadi. Dastlabki bosqich natijalariga koʻra Gʻarbiy guruhda 8-oʻrinni qayd etib, final bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan va musoboqada soʻnggi, 16-oʻrindan joy olgan.
2016-yilgi mavsumda Birinchi ligada 18 ta jamoa orasida 15-oʻrinni egallagan. Klub 2017-yilgi mavsumni Buxoro viloyati chempionati va Ikkinchi liga bahslarida oʻtkazgan. 2018-yilgi mavsumdan boshlab „Gʻijduvon“ yana Oʻzbekiston Pro ligasi (2017-yilgacha Birinchi liga deb atalgan, mamlakat futbol olamida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrin) aʼzosiga aylangan.
2024-yilgi mavsum oldidan jamoa tarkibi bir necha tajribali futbolchilar hisobiga kuchaytirildi[1] va tajribali murabbiy, Tojikistonlik Hakim Fuzaylov jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlagni maʼlum qilingan[2]. 2024-yil 5-fevralda jamoaning rasmiy logosi ham oʻzgargani eʼlon qilngan[3]. Gʻijduvon mavsum oldi yigʻinlardagi oʻrtoqlik oʻyinlarida ham yaxshi natijlar qayt etgan[4]. Keyinchalik OʻzPFL Gʻijduvon jamoasini qarzdorliklarni oʻz vaqtida bartaraf etmagani[5] va liga litsenziyalash talablariga javob bermagani uchun Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirol etmasligini maʼlum qilgan[6][7]. 2024-yil 14-martda Gʻijduvon 2024-yilgi mavsumda professional va yarim professional turnirlarda moliyaviy muammolar sababli ishtirok eta olamasligi maʼlum qilingan[8].
Mahalliy musoboqalar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Eng koʻp gol urgan | Murabbiy | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Div. | Oʻrin | Oʻ. | Yu | D. | M. | U.G | OʻG | O | Nomi | Liga | |||
1992 | 2 | 16 | 30 | 0 | 5 | 25 | 12 | 56 | 5 | Qatnashmagan | Maʼlumotlar mavjud emas | Maʼlumotlar mavjud emas | |
2013 | 3 | 1 | 4 | 4 | 0 | 0 | 10 | 3 | 12 | ||||
2014 | 2 | 11 | 22 | 4 | 3 | 15 | 21 | 47 | 15 | ||||
2015 | 3 | ||||||||||||
2016 | 2 | 15 | 32 | 9 | 5 | 18 | 51 | 93 | 32 | ||||
2017 | 3 | ||||||||||||
2018 | 3 | 3 | 32 | 18 | 6 | 8 | 59 | 44 | 60 | ||||
2019 | 3 | 4 | 20 | 8 | 5 | 7 | 29 | 34 | 29 | ||||
2020 | 3 | 4 | 17 | 7 | 1 | 9 | 32 | 29 | 22 | 1/8 final | |||
2021 | 3 | 2 | 20 | 13 | 3 | 4 | 56 | 24 | 42 | 1/8 final | |||
2022 | 2 | 6th | 18 | 3 | 4 | 11 | 21 | 30 | 13 | 1/8 final | Gennadiy Kochnev | ||
2023 | 2 | 10 | 20 | 4 | 4 | 12 | 21 | 52 | 20 | Guruh bosqichi | Hakim Fuzaylov | ||
2024 | Professional faoliyati toʻxtatilgan |
Jamoa tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hozirgi tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2023-yil 16-dekabr holatiga
U21 jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
U19 jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozimi | Murabbiy |
---|---|
Bosh murabbiy | Hakim Fuzaylov |
Yordamchi murabbiy | Rahmatullo Fuzaylov |
Yordamchi murabbiy | Akmal Xolmatov |
Yordamchi murabbiy | Suhrob Qobilov |
Yordamchi murabbiy | Roʻzimboy Ahmedov |
Darvozabonlar murabbiyi | Aleksandr Kit |
Murabbiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Murabbiy | Yillari |
---|---|
Sherzod Sattorov | |
Umidjon Qudratov | 2022 |
Bahodir Shaymardanov | |
Gennadiy Kochnev[9] | 2022—2023 |
Hakim Fuzaylov[10] | 2024— |
U19[tahrir | manbasini tahrirlash]
U21[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Янгиланаётган “Ғиждувон”. Машғулотларда кимлар иштирок этмоқда?“ (2024-yil 28-yanvar).
- ↑ „“Ғиждувон”да раҳбарият ўзгарди. Ўзбек футбол машҳур футболчилари Фузайловга ёрдамчи бўлди“ (2024-yil 27-yanvar).
- ↑ „Ўзбекистонда "бургут"лар сони иккита бўлди. Янги раҳбарият “Ғиждувон” жамоасининг логотипини ўзгартирди“ (2024-yil 5-fevral).
- ↑ „Назорат учрашуви. "Ғиждувон" "Машъал"ни йирик ҳисобда таслим қилди“ (2024-yil 12-fevral).
- ↑ „Pro liganing 5 ta klubi ish haqidan qarzdor emas“ (2024-yil 16-yanvar).
- ↑ „Proliga ishtirokchilari masalasi ko‘rib chiqildi“ (2024-yil 8-fevral).
- ↑ „"Турон", "Янгиер" ва "Ғиждувон" Про лигада қатнашмайди — ЎзПФЛ“ (2024-yil 8-fevral).
- ↑ „G‘ijduvon moliyaviy qiyinchiliklar sabab Birinchi ligada ishtirok etmaydi“ (2024-yil 14-mart).
- ↑ „"Ғиждувон"га янги бош мураббий тайинланди“ (2022-yil 13-iyul).
- ↑ „“Ғиждувон”да раҳбарият ўзгарди. Ўзбек футбол машҳур футболчилари Фузайловга ёрдамчи бўлди“ (2024-yil 27-yanvar).