Foydalanuvchi:Mr.Abdukarimovich/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muloqot psixalogiyasi — odamlarning birgalikdagi faoliyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faoliyatlar mobaynida bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayoni. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Insonlar faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug'iladi. Shu shaklda insonlar o'zaro muloqot qiladi. Muloqotning bir necha shakllari bo'lib, bular verbal va noverbal muloqotlardir. Muloqotning verbal shaklida tomonlar so'zlashish orqali o'zaro fikr va ma'lumot almashinadi. Noverbal muloqot deganda esa tomonlar imo-ishoralar bilan ma'lumot almashinishi tushuniladi. Muloqot turlari hayotiy jarayonlarda qo'llanishiga ko'ra rasmiy va norasmiy turlarga bo'linadi. Rasmiy muloqot turidan ommaviy axborot vositalari, radio, telividinye boshlovchilari keng foydalanadi. Bundan tashqari muloqotning bu turiga rahbarning o'z ishchi hodimi bilan, profesorning talaba bilan muloqotini ham misol qilsak bo'ladi. Norasmiy muloqot esa odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha suhbatdoshlarning fikr-o‘ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Bunga misol qilib do'stlarning suhbati va boshqalarni keltirsa bo'ladi.