Cinderella, or the Little Glass Slipper

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cinderella, or the Little Glass Slipper
Muallif(lar) Marcia Brown
Bezovchi(lar) Marcia Brown
Muqova artist(lar)i Urpatz
Mamlakat AQSh
Janr(lar)i Bolalar adabiyoti
Nashriyot Scribner Press

„Cinderella, or the Little Glass Slipper“ – Marcia Brown muallifligidagi suratli kitob. Scribner Press nashriyotida bosmadan chiqqan. Kitob Charles Perrault tomonidan yozilgan Zolushka hikoyasining yangicha talqini hisoblanadi. Yozuvchi 1955-yilda kitobdagi illustratsiyalar uchun Caldecott medalini qoʻlga kiritgan[1]. Asar voqealari Fransiyadagi, Zolushka hikoyalaridagidek saroyda boʻlib oʻtadi.

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beva qolgan bir kishi ikki qizi bor kibrli ayolga uylanadi. Ayol va ikki qizi erkakning muloyim va chiroyli qizidan nafratlanadi. Qizni Zolushka deb atashadi va shafqatsiz munosabatda boʻlishadi. Zolushkaga har doim uy atrofidagi ishlarni bajarishni buyurishadi. Hattoki, u chodirda uxlashga majbur boʻladi.

Bir kuni shahzoda qirollik ziyofatini oʻtkazishni rejalashtiradi. Ziyofatga qirollikdagi barcha xonimlarni taklif qilishlarini buyuradi. Zolushka ham ishtirok etishni xohlaydi. Lekin oʻgay onasi butun uyni tozalash uchun uyda qolishga majbur qiladi. Zolushka oʻgay opalari ziyofatga ketayotganda kayfiyati tushib ketadi. Biroz vaqt oʻtib, bir farishta paydo boʻladi va sehrli kuchi orqali Zolushkaga yordam beradi. Farishta sichqonlar, kaltakesaklar va kalamushlarni foytun uchun otlar va yoʻlboshchilarga aylantiradi. Zolushka uchun oltin-u kumushdan yasalgan koʻylak va billur tufli yaratadi. Ammo, bu sehr yarim tunda oʻz kuchini yoʻqotishi sababli, Zolushkaga sehr tugashidan oldin uyga qaytishini aytadi.

Zolushka ziyofatga kirganda hamma, ayniqsa shahzoda hayratda qoladi. Shahzoda uni hech qachon koʻrmagani uchun alohida eʼtibor qaratadi. Zolushka shahzoda bilan raqsga tushar ekan, vaqtni unutadi. Yarim tunda soat bong urganda, Zolushka shahzodadan qochib, tasodifan billur tuflisini ortda qoldirib ketadi. Shahzoda tuflini topib oladi va oyogʻiga toʻgʻri keladigan qizga uylanishga vaʼda beradi. Zolushka uyga kelishi bilan sehr oʻz kuchini yoqotib, hamma narsa asl holiga qaytadi. Lekin billur tufli avvalgidek qoladi.

Ertasi kuni ertalab oʻgay opa-singillar unga shahzoda kecha ziyofatda koʻrgan nomaʼlum xonimni sevib qolganligini aytishadi. Shahzoda uyma-uy yurib, kimga billur tufli mos kelishini tekshiradi, va nihoyat Zolushkaning uyiga yetib boradi. Oʻgay opa-singillar billur tuflini kiyishga harakat qilishadi, ammo harakatlari hech qanday samara bermaydi. Keyin, Zolushka sinab koʻradi va tuflilar juda mos keladi. Bir necha kundan keyin, shahzoda vaʼda qilinganidek Zolushkaga uylanadi. Zolushka oʻgay opalarini oʻtmishdagi shafqatsizliklari uchun kechiradi.

Asarning asosiy maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axloq asosiy mavzu boʻlib, bosh qahramonning salbiy holatlarga duch kelganda, qatʼiyatlilik va ijobiy xulq-atvor orqali muvaffaqiyatga erishish qobiliyati orqali namoyon boʻladi.

Asar haqidagi fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kirkus asarni „ mahorat bilan tarjima qilingan va yorqin rasmlar bilan bezatilgan“ deb maqtaydi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. American Library Association: Caldecott Medal Winners, 1938 — Present. URL accessed 27 May 2009.
  2. „CINDERELLA by Marcia Brown, Charles Perrault | Kirkus Reviews“ (en-us). Kirkus Reviews. Qaraldi: 2016-yil 10-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]