Candy Jar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Candy Jar
Rejissyor(lar) Ben Shelton
Prodyuser(lar)
  • Michael A. Simpson
  • Judy Cairo
Ssenariynavis(lar) Chad Klitzman
Rollarda Shell Galloway
Bastakor(lar) Ryan Leach
Kinematografiya Topher Osborn
Muharrir(lar) Kayla Emter
Studiya(lar) Netflix
Distribyutor Netflix
Chiqarilgan sanasi
  • 27-aprel, 2018-yil(2018-04-27) (AQSh)
Davomiyligi 92 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til Ingliz tili

Candy Jar — 2018-yilgi amerika romantik komediya filmiga Ben Shelton rejissyorlik qilgan va Sami Gayle and Jacob Latimorelar rol ijro etishgan. Ushbu film ilk bor 2018-yil aprel oyining yigirma yettinchi sanasida Netflix ekranlarida namoyish qilinadi. Ssenariy oʻz orzularidagi kollejlariga kirishga harakat qilayotgan oʻrta maktab bahs-munozaralari chempionlari haqida[1].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hemlock Prep Akademiyasining direktor xonasida Lona Skinner Bennet Russellga nisbatan nafrati, tengqurlari va boshqa klub aʼzolari haqida ichida gapirayotgan edi. Lona Harvardga kirishni, Bennett esa Yale universiteti talabasi boʻlishni orzu qilishar edi va ular ikkalasi ham ikki kishilik munozara klubining raisi boʻlish uchun bellashishar edi. Chunki, bu bellashuvda rais boʻlish universitetga qabul qilinishlari uchun juda katta ahamiyatga ega edi. Munozara turnirida Lonaning onasi Amy va Bennetning onasi Julia bir-birlariga qarshi boʻlib qolishadi. Bennet ham, Lona ham finalga chiqishadi va ular bir maktabdan boʻlganliklari uchun ham chempionlar deb eʼlon qilinadi. Ertasi kuni esa ularning har biri oʻzlari orzu qilgan kollejga arizalarini yuborishadi. Lonaning noroziligiga qaramay, Amy uyga qaytish uchun tayyorgarlik koʻradi. Lona uyga qaytishga vaʼda berib uydan chiqib ketadi, lekin uning oʻrniga kinoga boradi. U yoʻlda raqs kechasiga ketayotgan Bennatga duch keladi. Film tugagandan soʻng, Bennet Lonaga uyiga borishini aytadi, lekin uyga borish oʻrniga ular dengiz boʻyida ovqatlanishadi. Ertasi kuni viloyat saralash turnirida ularning onalari yana bir-biriga dushmanlik qilishadi. Julia mehmon maʼruzachi sifatida taklif qilinadi, ammo Amy uni koʻra olmaydi. Maktab boʻyicha maslahatchi va ularning ishonchli vakili boʻlgan Kathy bolalarning ikkalasi ham onalari sababli shtat chempionatida qatnasha olmaganliklarini aytishdi. Kathy ular shunchaki yutqazgan boʻlishi mumkinligini ham aytadi, lekin Bennett oʻrta maktabda ikki marta xuddi shunday boʻlganini tushuntiradi. U shtat mintaqaviy tanlovlarining boshqa bosqichida qatnashish uchun ularni jamoa boʻlib ishlashga undashga harakat qiladi, lekin hech biri buni xohlamaydi.

Oxir-oqibat Bennett Lona bilan birlashishga rozi boʻladi va ular birgalikda oʻqishni boshlaydilar. Birgalikda ular shtat chempionatiga yoʻl olishadi, lekin ikkalasi ham kollejga arizalari haqida qaygʻuradilar. Kathy ularni qayerda boʻlishidan qatʼi nazar dam olishlariga vaʼda berishga majbur qiladi. Qabul natijalari oʻsha kechada chiqadi va ikkalasi ham orzu qilgan maktabga kira olmaganliklari maʼlum boʻladi. Ertasi kuni Lona va Bennet Kathyning ofisida kutishadi, lekin direktor kelib, Kathy avtohalokatda vafot etgani haqida xabar beradi. Bennet va Lona Kathyning dafn marosimida qatnashishadi. Shundan soʻng Bennat ular maktabda hech qachon maktab oʻquvchisi boʻlmaganini, chunki ular uy vazifalari, testlar va bahslar bilan band boʻlganliklari haqida gapiradi. Ikkalasi ham shtat chempionatida davom etishni xohlamaydilar, lekin munozaralar boʻyicha murabbiyi janob Johnson bilan suhbatlashgandan soʻng, ular birgalikda ishlashni davom ettirishga rozi boʻlishadi. Hamjihatlikda ishlash va Amyning shirinliklari ularni bir-birlari bilan yaqin boʻlib ketishlariga sababchi boʻladi va ular doʻst boʻlishadi. Davlat turniridan ikki kun oldin Bennettdan Lona uzoqlashishni boshlaydi. Ertasi kuni Lona maktabni tashlab ketadi. Ayni paytda, Julia Amy bilan yarashishga harakat qilib, shirinlik retseptini soʻrab yuradi. Ertasi kuni shtat chempionatida ular finalga yoʻl olishadi va faktlar ustida shaxsiy his-tuygʻularini keltirishning noanʼanaviy uslubiga ega jamoaga qarshi kurashadilar. Lona musobaqa jarayonida duduqlana boshlaydi, lekin Bennettt Kathyni yodga olib, oʻzini qoʻlga olishga muvaffaq boʻladi. Lona va Bennett boshqa jamoalar bilan kelishgan holatda, chempionatda yutqazishga rozi boʻlishadi. Bitiruv kechasi kuni Julia va Amy bolalarini bitiruv kechasiga tayyorlashadi va oʻsha kuni Lona Yalega, Bennet esa Harvardga qabul qilingani maʼlum boʻldi. Ular raqs kechasini oʻtkazib yuborishadi va oʻrniga kinoga borishadi, u yerda Lona yana Bennettni qanchalik yoqtirishi haqida ichida gapirib qoʻyadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sami Gayle Lona Skinner rolida
  • Jacob Latimore Bennett Russell rolida
  • Christina Hendricks Lonaning onasini yomon koʻradigan ayol Amy Skinner rolida
  • Uzo Aduba Julia Russell sifatida muvaffaqiyatli senator va Bennettning onasi rolini ijro etgan.
  • Tom Bergeron Principal Nelson rolida
  • Helen Hunt Kathy sifatida Lona and Bennettning maktabi vakili va maslahatchisi rolida
  • Shell Galloway Anton rolida
  • Paul Tigue Mr. Johnson rolida
  • Austin Flynn Twin Taylor rolida
  • Blake Flynn Twin Tanner rolida
  • Evan Castelloe Zack rolida

Ishlab chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Candy Jar filmi 2017-yilning mart oyidan aprel oyigacha Atlanta, Jorjiya va Nyunan, Jorjiya kabi joylarda suratga olingan[2][3]. Ssenariy muallifi Chad Klitzman Lona rolini singlisi Sami Gayle uchun maxsus yozgan. Akasi va roli haqida gapirganda, Sami Gayle shunday deydi:

Akam menga kelayotgan material turlarini, men o‘ynashga intilayotgan qahramonlar turlarini ko‘rdi va u mening filmda bosh rolga ega bo‘lish orzuimni ro‘yobga chiqarishni xohladi. Lona odamlarni boshqara oladigan va mustaqil bo'lishga harakat qilayotgan qiz. U shunchaki o'zining eng yaxshi versiyasi bo'lishga intilayotgan qiz va akam ham shunday deb o'yladi: O'sha vaqt men nega bu rolni ijro etmasligim kerak degan savol tug'ildi. Shunday qilib, u bu personajni yozganida, u nafaqat men o'ynamoqchi bo'lgan rol, balki, u men uchun maxsus yaratilgan. Aktyor sifatida o'zimning kuchli tomonlarimni ko'rsatish va ularga porlashiga imkon berishim kerak edi[4].

Qabul qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

The New York Times gazetasidan Glenn Kenny filmni „yoqimli va kulguli“ deb maqtadi. Kenny aytadiki Candy Jar intellektual yutuqlarga ega yoshlarni sharaflaydi, shu bilan birga sinf va taʼlim standartlari haqida keskin fikrlarni bildiradi[5].

Lyles Movie Files direktori Jeffrey Lyles: "Ben Shelton munozara klublari kabi potentsial va zerikarli narsalarni qiziqarli qilish uchun ajoyib ish qildi. Shelton janrni aniq tushunadi va baʼzi qiziqarli boʻlingan ekranlarda, yaqin planlarda suratga oladi va munozaralarni yanada qiziqarli qilish uchun dinamik taqdimotlar yaratadi[6]. Decider.com saytidan Joe Reid ham ijobiy baho berib, „Hunt, Aduba, and Hendricks oʻrtasidagi bunday film uchun aktyorlik darajasi juda yuqoriligini va bu juda koʻp tomosha qilinadigan film boʻlib, lekin, eng yomoni, sizga shunga oʻxshash oʻnlab boshqa ajoyib filmlar haqida oʻylashga majbur qiladi“[7].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Official Trailer for High School Debate Team Indie Comedy 'Candy Jar'
  2. „Netflix Movie Candy Jar Has Hands in Atlanta - Call Sheet“ (2017-yil 10-mart).
  3. „Netflix to film 'Candy Jar' in Newnan“ (2017-yil 24-fevral).
  4. How This Netflix Star Got Her Big Break Using Backstage
  5. Kenny, Glenn. „Netflix Roulette, Where the Movies Never End“. The New York Times (2018-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 2-dekabr.
  6. „Candy Jar movie review - Netflix teen romance is sweet addition to queue“ (en-US). Lyles Movie Files (2018-yil 6-may). Qaraldi: 2018-yil 24-may.
  7. „Stream It or Skip It: 'Candy Jar' on Netflix, Your Next Nerdy High-School Obsession“ (en-US). Decider (2018-yil 27-aprel). Qaraldi: 2018-yil 24-may.