Kontent qismiga oʻtish

Bayrut Amerika universiteti

Koordinatalari: 33°53′59.870000000391″N 35°28′56.219999998804″E / 33.89996388888899759°N 35.48228333333300100°E / 33.89996388888899759; 35.48228333333300100
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bayrut Amerika universiteti
(AUB)
Asos solingan 1866-yil
Oʻquv yurti turi Xususiy universitet
Prezident Fadlo R. Khuri
Rektori Philip S. Khoury
Talabalari 9,408 (2019-yilda)
Manzili Bayrut, Livan
Vebsayti aub.edu.lb

33°53′59.870000000391″N 35°28′56.219999998804″E / 33.89996388888899759°N 35.48228333333300100°E / 33.89996388888899759; 35.48228333333300100

Bayrut Amerika universiteti (inglizcha: American University of Beirut) – Livan davlati poytaxti Bayrutda joylashib, Nyu-Yorkda kampusga ega boʻlgan mustaqil xususiy universitetdir[1]. 1866-yil va 1920-yillarda Suriya protestant kolleji (inglizcha: Syrian Protestant College) deb nomlangan. Bayrut Amerika universitetining operatsion byudjeti 423 million dollar[2] va jamgʻarma mablagʻi taxminan 768 million dollar. Bayrut Amerika universiteti bitiruvchilari dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlarida istiqomat qilishadi. Taʼlim tili ingliz tilidir. Universitetda berilgan darajalar Nyu-Yorkdagi kengashda rasman roʻyxatga olinadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1862-yil 23-yanvarda V. M. Tompson Amerika Xorijiy missiyalar boʻyicha komissarlar kengashining yigʻilishiga Bayrutda doktor Daniel Bliss rahbarligida tibbiy taʼlimni oʻz ichiga olgan oliy taʼlim kollejini tashkil etishni taklif qiladi[3]. 1863-yil 24-aprelda Daniel Bliss Amerika Qoʻshma Shtatlari va Angliyada yangi kollej uchun pul yigʻayotganda, Nyu-York shtati Suriya protestant kolleji uchun nizom beradi. 1920-yilda Bayrutdagi Amerika universiteti deb oʻzgartirilgan kollej 1866-yil 3-dekabrda 16 nafar talabadan iborat guruh bilan ochildi. Daniel Bliss 1866-yildan 1902-yilgacha universitetning birinchi prezidenti boʻlib ishlagan[4]. Dastlab arab tili taʼlim tili sifatida ishlatilgan, chunki arab tili mintaqadagi etnik guruhlarning umumiy tili boʻlgan va boʻlajak talabalar turk, fransuz va ingliz tillarini yaxshi bilishlari kerak edi. 1887-yilda taʼlim tili ingliz tiliga aylandi[5].

Kampusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet kampusi 64 ta binodan, jumladan, Bayrutdagi Amerika universiteti tibbiyot markazi, toʻrtta kutubxona, uchta muzey va yettita yotoqxonadan iborat.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „AMERICAN UNIVERSITY OF BEIRUT FACTS AND FIGURES 2019“. 2020-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-may.
  2. „AUB – About Us – Facts and Figures“ (en-US). aub.edu.lb. 2018-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-sentyabr.
  3. Dodge, Bayard (1958) The American University of Beirut – A brief history. Khayatʼs Beirut. p. 10
  4. „Rev. H. H. Jessup Dead“. The New York Times (1910-yil 29-aprel). 2019-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-iyun.
  5. Strauss, Johann. „Language and power in the late Ottoman Empire“ (Chapter 7). In: Murphey, Rhoads (editor). Imperial Lineages and Legacies in the Eastern Mediterranean: Recording the Imprint of Roman, Byzantine and Ottoman Rule (Volume 18 of Birmingham Byzantine and Ottoman Studies). Routledge, 7 July 2016. ISBN 1317118448, 9781317118442. Google Books PT194 (Wayback Machine saytida 14 January 2023 sanasida arxivlangan).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]