Aqjar (tuman)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Shimoliy Qozogʻiston viloyati |
Maʼmuriy markazi | Talshiq |
Asos solingan sanasi | 1974[1] |
Akim | Tastemirov Agʻzam Ahmetjanovich |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2010) | 21 428[1] |
Zichligi | 2,6 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 74,18% Ruslar - 17,26% Ukrainlar - 4,47% Beloruslar - 1,77% Olmonlar - 1,68% Tatarlar - 1,43%[2][3] |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 8,04 ming[1] km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71546[4] |
Pochta indeksi | 150200-150221[5] |
Avtomobil raqami kodi | T, 15 |
Rasmiy sayti | http://azh-sko.kz/rus/ |
Xaritada | |
53°53′20.4″N 71°33′46.8″E / 53.889000°N 71.563000°E |
Aqjar tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi tuman. Tumanning maʼmuriy markazi Talshiq qishlogʻi. Viloyat markazi sanalmish Petropavlovsk shahridan 285 km uzoqlikda joylashgan. Tuman hududi — 8,04 ming km2. 2010-yilgi 1-yanvardagi maʼlumot boʻyicha tuman aholisi 21,4 ming kishini tashkil qildi. Aholining oʻrtacha zichligi 2,6 kishi/km².
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aqjar tumani 1997-yili, Lenin va Leningrad tumanlarini biriktirish natijasida tashkil topdi.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-yilgi maʼlumot boʻyicha aholisi 21,4 ming kishini tashkil qildi. Aholining oʻrtacha zichligi 2,6 kishi/km² (2010-yil 1-aprel).
Tumanning milliy tarkibi (2010-yil 1-apeldagi maʼlumot)
- qozoqlar — 15 897 kishi (74,18 %)
- ruslar — 3 056 kishi (14,26 %)
- ukrainlar — 957 kishi (4,47 %)
- beloruslar — 380 kishi (1,77 %)
- olmonlar — 360 kishi (1,68 %)
- tatarlar — 307 kishi (1,43 %)
- polyaklar — 87 kishi (0,41 %)
- chechenlar — 57 kishi (0,27 %)
- boshqalar — 328 kishi (1,53 %)
- Umumiy — 21 429 kishi (100,00 %)
Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aqjar tumani Shimoliy tomonidan Rossiya Federatsiyasi bilan, gʻarbiy tomonidan Tayinsha tumani, janubida Oqmoʻla viloyati, janubi-sharqidan esa Valixanov tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali oʻtadigan 80 kilometr Ashisuv daryosi bor. Shuningdek bir nechta kichkina koʻllari ham mavjud, ular yomgʻir, qor va yer osti suvlaridan tashkil[6] topgan.
Aqjar tumanidagi aholi punktlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Aysari qishlogʻi
- Alqaterek qishlogʻi
- Vosxod qishlogʻi
- Kenashi qishlogʻi
- Kishi qaraoʻy qishlogʻi
- Qulikoʻl qishlogʻi
- Leningrad qishlogʻi
- May qishlogʻi
- Novosel qishlogʻi
- Sovxozniy qishlogʻi
- Talshiq qishlogʻi
- Uyali qishlogʻi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 Социально-экономический паспорт района[sayt ishlamaydi]
- ↑ Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-02
- ↑ Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ „Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-dekabr.
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-noyabr.
- ↑ arxiv nusxasi (PDF), 2012-06-16da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2012-11-07