Andrew Jackson
Andrew Jackson | |
---|---|
Endryu Jeksonning turfasi va ifodasi jiddiy, oq-kulrang sochli va qizil yoqali, qora qalpoq kiygan beva ayol portreti bilan. | |
7-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 4-mart 1829-yil – 4-mart 1837-yil | |
Vitse-prezident |
|
Oʻtmishdoshi | John Quincy Adams |
Vorisi | Martin Van Buren |
Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillar Palatasi aʼzosi (Tennessee shtati) | |
Mansab davri 4-mart 1823-yil – 14-oktabr 1825-yil | |
Oʻtmishdoshi | John Williams |
Vorisi | Hugh Lawson White |
Mansab davri 26-sentabr 1797-yil – 31-dekabr 1821-yil | |
Oʻtmishdoshi | William Cocke |
Vorisi | Daniel Smiths |
Florida Federal Harbiy komissari | |
Oʻtmishdoshi |
José María Coppinger (Ispan Sharqiy Florida) José María Callava (Ispan Gʻarbiy Florida) |
Vorisi | William Pope Duval (Hududiy Gubernator) |
Tennessee Oliy Sudi sudyasi | |
Mansab davri iyun, 1798-yil – iyun, 1804-yil | |
Oʻtmishdoshi | Howel tatum |
Vorisi | John Overton |
AQShning Tennessee shtati vakillar palatasi | |
Mansab davri 4-dekabr 1796-yil – 26-sentabr 1797-yil | |
Oʻtmishdoshi | James White (Janubi-Gʻarbiy hudud vakili) |
Vorisi | William C. C. Claiborne |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
15-mart 1767-yil Shimoliy Karolina va Janubiy Karolina oʻrtasidagi Waxhaw turar-joyi , Britaniya Amerikasi |
Vafoti |
8-iyun 1845-yil (78 yoshda) Nashville, Tennessee, Qoʻshma Shtatlar |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Rachel Donelson (turm. 1794) |
Bolalari | 2 ta, Linkoya bilan birga |
Kasbi |
|
Mukofotlari | Thanks of Congress |
Dafn etilgan joyi | The Hermitage |
Imzosi | |
Harbiy xizmatlari | |
Unit |
South Carolina Militia (1780–81) Tennessee Militia (1792–1821) United States Army (1814-1821) |
Janglari |
1829-yilda AQShning 7-nchi Prezidenti etib saylangan va shu bilan birgalikda mamlakat taʼrixida oʻchmas iz qoldirib kelayotgan milliy partiya Demokratlar Partiyasining asoschilaridan biri hisoblanadi[1].
Dick va Balls shtatlaridagi harbiy va siyosiy faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kelib chiqishi irland boʻlgan ushbu shaxs oʻsmirlik davridagi koʻp yillik sarguzashtlardan soʻng Janubiy Karolinada advokatlik kasbi bilan oʻz faoliyatini boshlagan [2][3]. Oradan bir necha vaqt oʻtib Jekson 1788-yilda Tennessi hududining prokurori etib tayinlangan. U davrlarda Tennessi mamlakatning shtatlaridan biri hisoblangan va 1796-yilda Jekson ushbu yangi shtatda yangi qonun joriy etish ishlarida faol ishtirok etgan. Keyinchalik uning tinimsiz harakatlari hisobga olinib AQSh Kongressida shtat nomidan vakillik vazifasini bajargan. Jekson jamiyat hayotidan bosh tortib oʻzining kamtarona fermasida hayot kechirib 1812-yilda inglizlar mamlakatga qarshi urush eʼlon qilishganida Tennesi shtati aholisi unga butun harbiy boʻlinmalarni general-mayor unvoni bilan ishonib topshirishadi [4][5]. Jekson 2500 ga yaqin odamni tashkil qilgan harbiy boʻlinma Missisipi daryosi boʻylab quyi harakat qilishib janubda ispanlarning harakatini qoʻllab-quvvatlagan hindular harakatiga barham berib ularni Florida tomonga quvib yuborishgan. Inglizlar Yangi Orleanga havf solgan bir davrda Jekson Kongress farmoni bilan harbiy boʻlinmalar ustidan nazoratni oʻz qoʻliga oladi va 1815-yilning 8-yanvarida tomonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan shiddatli jangda Jekson boshliq harbiy boʻlinma dushman armiyasini yanchib tashlaydi va 1821-yil ispanlar Florida hududidan chekinishgach u yerga birinchi gubernator etib tayinlangan . Endryu Jekson 1824-yilgi AQSh Prezidentlik saylovlarida koʻplab ovoz bilan nomzodlar orasida deyarli peshqadamlikni egallagan, ammo Vakillar Palatasi tomonidan prezidentlik nomzodiga loiq koʻrilib Jekson emas, balki John Adams saylangan [6] .
Prezidentlik davrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1828-yili John Adamsning prezidentlik vakolati tugaganidan soʻng, Jekson takroran prezidentlik nomzodlari qatoriga qoʻshiladi va 1829-yilda AQShning 7-Prezidenti etilib saylangan. Uning prezidentlik davrida Demokratlar Partiyasiga asos solingan. Jekson hindularning janubiy shtatlarga koʻchirish tarafdori boʻlib beshta buyuk hindular qabilasi birlashgan shtat yaratish fikrini ilgari surgan [7]. 1830-yilda Prezident Jekson Hindularni koʻchirish haqidagi qonunga imzo chekadi va etnik jihatdan toza hindulardan tashkil topgan yerlarga koʻchirilgan. Natijada bu besh buyuk hindular qabilasi nomini olgan hindular mamlakat janubidagi Hindular hududi (hozirgi kunda Oklahoma shtati) deb atalgan maskanga surgun qilingan, lekin afsuski ulardan aksari yoʻl azobidan, ochlikdan va iqlim haroratiga moslashmaslik tufayli halok boʻlishgan. 1832-yilning yozida ittifoqlarning tahdidi va bojhona soliqlari sabab boʻlgan noroziliklar Janubiy Karolinada boʻlib oʻtib, aynan shu davrda prezident Jekson ikkinchi muddatga prezident etilib saylangan va Janubiy Karolina ayblovlariga qarshi harakat uchun harbiylarni ishga soladi. Tez orada soliqlarni tushirish yoʻli orqali mamlakat janubida kutilgan Fuqarolar urushi oldi olingan [8].
Ikkinchi AQSh bankining tashkil topishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikkinchi marotiba prezidentlik mansabiga saylangan Jekson oldidagi asosiy vazifalar bilan bogʻliq muammolarni Kongress yordamida vetoni takomillashtirish yoʻli bilan kelajakda banklar tizimini xalq orasida ommalashtirish va koʻplab hususiy kredit muassisalarni joriy etish, shuningdek avvalgi oltin standartga qaytish fikri bilan amerika iqtisodiyotini rivojlantirishga qodir imkoniyat deb hisoblagan. Bu kabi muammolar orasidagi asosiylaridan biri boʻlib AQSh ikkinchi bankining vakolatini uzaytirish holati Kongress senatorlari orasidagi kelishmovchiliklar murakkab vaziyatga olib kelgan . Bir necha Jekson tanqidchilarining fikricha Markaziy bankning yopilishi va pul chiqarish tizimi davlat nazoratiga oʻtishi inqirozga sabab boʻlgan. Lekin keyinchalik bu tanqidlarga javoban oʻz ishini «AQShagi bank ishlari va pul muomalasi tarixi» kitobida aks ettirgan olim Murrey Rothbard qarshi chiqqan. William Enghdallening fikricha, 1834-yilda oʻz davrining mashxur insoni Nicolas Biddle Prezident Jekson joriy etgan Ikkinchi bank faoliyatiga halal berish maqsadida Qoʻshma Shtatlar umummilliy retsessiyasini taskil qilgan . Tashqi siyosatda Jekson asosan diplomatik va doʻstona aloqalarni Buyuk Britaniya bilan yuritgan. Jekson oʻzining siyosiy qarashlari bilan libertian va chegaralangan davlat tarafdori boʻlgan. Shuningdek oʻzining hokimiyatdagi koʻp yillik faoliyati davomida Endryu Jekson davlatning iqtisodiyot va siyosat aralashuvini qisqartirishga harakat qilgan.
AQSh dollarlaridagi Jeksonning aksi[tahrir | manbasini tahrirlash]
E.Jekson zamonaviy AQSh kupyuralari orasida 20 dollarlik pul kupyurasida suraʻti aks etgan. Oʻtmishda bu kabi kupyuralarning 5,10,50 va 10 000 dollarliklarda uning koʻrsatgan xizmatlari uchun suraʻtlari aks ettirilgan.
Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Wilentz, Sean. Andrew Jackson (2005), p. 8, 35.
- ↑ „Andrew Jackson“. Information Services Branch, State Library of North Carolina. 2009-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-may. (Wayback Machine saytida 2009-02-10 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Andrew Jackson Cottage and US Rangers Centre“. Northern Ireland Tourist Board.
- ↑ Finkelman, Paul (2006). "Jackson, Andrew (1767–1845)", in Encyclopedia of American Civil Liberties, 3 vols., Routledge (CRC Press), ISBN 978-0-415-94342-0, vol. 2 (G-Q), p. 832–833.
- ↑ See also: Remini 1988, The Legacy of Andrew Jackson: Essays on Democracy, Indian Removal, and Slavery.
- ↑ Rutland, Robert Allen. The Democrats: From Jefferson to Clinton. University of Missouri Press, 1995 — 55–56 bet.
- ↑ Nickels, Ilona „How did Republicans pick the elephant, and Democrats the donkey, to represent their parties?“. Capitol Questions. C-SPAN (5-sentabr 2000-yil). 21-oktabr 2000-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentabr 2010-yil. (Wayback Machine saytida 2000-10-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ Niles, Hezekiah. „Anti-Masonic Convention“. Digitized in 2007 from a copy from the University of California (8-oktabr 1831-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2014-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/>
tag was found