Kontent qismiga oʻtish

Xoʻja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoʻja (forscha — xoʻjayin, sohib) — islom mamlakatlarida turli davrlarda turlicha maʼnoda ishlatilib kelingan faxriy unvon va murojaat shakli. Ijtimoiy tabaqa sifatida sayyidlardan keyingi oʻrinda turgan. Xoʻjalarning kelib chiqishi haqida har xil fikr bor. Baʼzi,ma'lumotlarda xo'jalar arablarning istilochilik davrida kelib qolishgan deyiladi,va Xo'jalar Ali roziyallohu anhuning avlodlari deb yuritiladi.(Saidlar va Xoʻjalar tengdir ular bazi joylarda said bazi joylarda esa xoʻjalar deyiladi[manba kerak]). Xoʻjalar muayyan imtiyozlarga ega boʻlganlar. Baʼzi mamlakatlarda bu imtiyoz maʼlum darajada saqlanib qolgan. Shu bilan birgalikda Namangan, Fargʻona va Samarqand viloyatlarida xoʻjalar sulolasi vakillari hali ham yashab kelmoqda.