Vikipediya munozarasi:Aloqa

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tibbiy sug‘urtaning aholiga qanday qulayligi bor?[manbasini tahrirlash]

Davlat tibbiy sug‘urta tizimi dastlab Sirdaryo viloyatida aprobatsiyadan o‘tkazilib, kelgusida barcha hududlarga bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ushbu mexanizm bilan bog‘liq ishlar Sirdaryo viloyatida joriy yilning 1 iyulidan boshlandi. Tizim bo‘yicha tibbiyot xodimlari ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga haq oladi. Hisob-kitob ishlari Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqaroga ko‘rsatilgan tibbiy xizmat turi, sifatiga alohida e’tibor qaratiladi.

Tizimdagi ishlar to‘liq tashkil etilgandan so‘ng, aholi to‘la-to‘kis kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish paketlaridan foydalana boshlaydi. Eski tartibda nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar, urush qatnashchilari va boshqa shu kabi shaxslarga bepul xizmat ko‘rsatilar edi.

== Bizning maqsadimiz ==[1]

Yangi tizimga ko‘ra, bemor tibbiyot muassasasiga kelgunga qadar bir necha tekshiruvlardan o‘tadi. So‘ng unga birlamchi tibbiy sanitariya muassasasida ishlovchi oila shifokori, terapevt, pediatr, doya va boshqa tibbiyot xodimlari xizmat ko‘rsatadi. Kasalligi o‘rta darajadagi bemorlar birlamchi tibbiy-sanitariya massasasida davolansa, og‘ir darajadagilar oila shifokori yo‘llanmasi bilan yuqori darajadagi shifoxonalarga yo‘naltiriladi. Hozirda viloyat aholisining 94,7 foizi (801 ming 358 nafari) tibbiy xatlovdan o‘tkazildi. Ularning salomatligi o‘rganilib, to‘rtta —eng yuqori, yuqori, o‘rta va past xavf guruhlariga ajratildi. Eng yuqori xavf guruhida turgan 145 ming nafardan ortiq fuqaroni sog‘lomlashtirish ustida ish olib borilmoqda. Birlamchi tibbiy sanitariya muassasasida bemorni davolashning iloji bo‘lmasa, tuman yoki shahar shifoxonasiga yo‘llanma beriladi. Yo‘llanmaga asosan shahar yoki tuman tibbiyot birlashmasida kafolatlangan paket asosida xizmat ko‘rsatiladi.

Жондор педагогика коллежи[manbasini tahrirlash]

Жондор тумани, Қозикенти  МФЙ, Хосокор қишлоғи 21-уй. Jondor pedagogika kolleji (munozara) 05:06, 15-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

  1. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. DAVLAT TIBBIY SUGURTASI JAMGARMASI [dtsj.uz „{{{title}}}“]. dtsj.uz.