Kontent qismiga oʻtish

Taqiqlovchi belgisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Umumiy taqiqlovchi belgisi[1] norasmiy ravishda man etish belgisi sifatida ham tanilgan. Odatda u biror bir faoliyatga ruxsat etilmaganligi haqida ogohlantiriladi yoki nima taqiqlanganligini tavsiflovchi qoʻshimcha matnga ega boʻladi.

ISO 3864-1 xalqaro standartlardagi taqiqlovchi belgisi

Tashiq koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

ISO xalqaro standartlariga koʻra (shuningdek, Buyuk Britaniya qonun hujjatlariga muvofiq) taqiqlovchi belgisining qizil maydon bilan belgilangan qismi umumiy maydonining kamida 35 foizini egallashi kerak. Buyuk Britaniya qoidalariga koʻra, bu taqiqlovchi belgisining qizil maydon bilan belgilangan qismi umumiy qismi 80 foizini tashkil qiladi.

Ishlatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avtotransport vositalarining harakatlanishini tartibga soluvchi yoʻl belgilarida qoʻllanilishi

Yoʻl belgilarida taqiqlovchi belgisi ham qoʻllaniladi, buning natijasida haydovchilar bu yoʻl harakati belgisi orqali yoʻlning baʼzi qismlarda yoki kunning maʼlum bir muddatlarida harakat taqiqlanganligini bilib olishi mumkin[2]. Masalan:

  • Chapga harakatlanish taqiqlangan Oʻngga harakatlanish taqiqlangan
  • Burulish taqiqlangan
  • Avtotransport vositalarini qoʻyish taqiqlangan yoki bu belgining Ispanyada qoʻllaniladigan analogi
  • Yoʻl avtotransport vositalari uchun yopiq, yoki bu belgining Germaniyada qoʻllaniladigan analogi

Avtotransport vositalaridan tashaqari harakatlanishni tartibga soluvchi yoʻl belgilarida qoʻllanilishi

Bu belgidan foydalanish faqat avtotransport vositalari haydovchilarini xabardor qilish bilan cheklanmaydi va odatda transportning boshqa shakllarida ham qoʻllaniladi[3]:

  • , Ot minish taqiqlanadi
  • , Velosipeddan foydalanish taqiqlanadi
  • , Piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi

Umumiy taqiqlar va ogohlantirishlarni bildiruvchi belgilarda qoʻllanilishi

Taqiqlovchi belgisi notijorat maqsadlarida maʼlum faoliyatni ogohlantirish yoki taqiqlash uchun ishlatiladi:

  • Chekish taqiqlangan
  • yoki Chiqindilarni tashlash taqiqlangan
  • Suzish taqiqlangan

Boshqa alternativ koʻrinishlari

Shuningdek, bir nechta taqiqlovchi belgilar boshqa alternativ koʻrinishlarda keladi[4][5].

U + 26D4 ⛔ Kirish taqiqlanadi

U + 1F4F5 📵 Uyali telefonlar taqiqlanadi

U + 1F51E 🔞 18 yoshdan oshmaganalar taqiqlanadi

U + 1F6AB 🚫 Kirish taqiqlanadi

U + 1F6AD 🚭 Chekish taqiqlanadi

U + 1F6AF 🚯 Axlat tashlash taqiqlanadi

U + 1F6B1 🚱 Ichimlik uchun yaroqsiz suv manbasi

U + 1F6B3 🚳 Velosipedlar taqiqlanadi

U + 1f6b7 🚷 Piyodalar taqiqlanadi

U + 1F6C7 🛇 taqiqlangan belgisi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"ISO Symbol P001: General prohibition sign". www.iso.org. Retrieved 2019-03-17.“.
  2. „"Official ISO template for prohibition sign".“.
  3. „"Graphical symbols — Safety colours and safety signs — Part 1: Design principles for safety signs in workplaces and public areas"“.
  4. „https://www.unicode.org/charts/PDF/U1F680.pdf“.
  5. „https://www.unicode.org/charts/PDF/U1F300.pdf“.