Kontent qismiga oʻtish

Shabkoʻrlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shabkoʻrlik (fors – tun, kecha) — qorongʻida koʻrish qobiliyatining buzilishi. Shabko'rlik koʻpincha tugʻma boʻlib, bolalik va oʻsmirlik davrida asosan oʻgʻil bolalarda kuzatiladi, aksariyat oilaviy-irsiy xususiyatga ega boʻladi. Simptomatik shabko'rlik koʻzning turli organik kasalliklari (glaukoma, koʻruv nervi atrofiyasi, xorioretinit va h.k.) da kasallikning bir belgisi sifatida uchraydi. Funksional shabko'rlik koʻproq ovqat tarkibida A vitamini yetishmasligi yoki boʻlmasligi natijasida paydo boʻladi. Shaharda bemor nim qorongʻi yoki yaxshi yoritilmagan xonalarda, kunning gʻirashira paytlarida va tunda, yorugʻdan qorongʻiga oʻtganda koʻra olmay qoladi (ayni vaqtda yorugʻlikda yaxshi koʻradi). Keyinroq rang ajrata olmaslik alomatlari namoyon boʻladi, asosan, koʻrish maydoni torayib, koʻrish oʻtkirligi ham pasayadi. Shabko'rlikga koʻz toʻr pardasi tayoqcha hujayralari strukturasining organik oʻzgarishlari yoki shu hujayra tarkibiga kiruvchi koʻz purpuri (rodopsin)ning funksional yetishmovchiligi sabab boʻladi. Koʻz purpuri oqsilning A vitamini bilan hosil qilgan kompleksi boʻlib, koʻzning qorongʻilikka moslashuvida muhim ahamiyatga ega. U yorugʻlik taʼsirida (retinin va spetsifik oqsilga) parchalanadi, qorongʻida esa (bevosita A vitamini ishtirokida) tiklanadi va shu bilan tayoqcha hujayralar funksional qobiliyatini tiklaydi. Shabko'rlikga xos alomatlar sezilsa darhol mutaxassis shifokorga koʻrinish lozim[1].

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Shabkoʻrlik“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Goldman, Lee. Goldman's Cecil Medicine, 24th, Philadelphia: Elsevier Saunders, 2012 — 2429 bet. ISBN 978-1-4377-2788-3.