Kontent qismiga oʻtish

Oybek Bozorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu maqola futbolchi haqidadir. Oybek soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Oybek Bozorov 
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oybek Olimovich Bozorov
Tavallud sanasi 8-iyul 1997-yil (1997-07-08) (26 yosh)
Tavallud joyi Koson Oʻzbekiston
Boʻyi 1.67 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Nasaf
Raqami 77
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018— Oʻzbekiston Nasaf 121 (18)
Milliy terma jamoa
2019—2020 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 9 (3)
2020— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 16 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oybek Olimovich Bozorov (1997-yil 7-avgustda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Nasaf“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi[1][2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini „Nasaf“ klubida boshlagan. Oʻzbekiston chempionatidagi debyut 2018-yilning 4-noyabr kuni Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) boʻlgandi. Jamoa tarkibida chempionatning kumush medali sohibi (2020), Oʻzbekiston Kubogi sohibi (2021, 2022, 2023), Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (2021) boʻldi va AFC Kubogi finaliga chiqdi (2021)[3]. Oʻzbekistonning 2021-yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga loyiq koʻrildi[4].

2019-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston U-23 terma jamoasida oʻynagan. 2020-yilgi yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionati ishtirokchisi. U Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2020-yilning 23-fevral kuni Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (0:1) maydonga tushgan.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2020-yilning 23-fevralida Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Oʻzbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilgan[5].

Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Oʻyinlar Gollar
2020-yil 1 0
Jami 1 0

2020-yil 23-fevralda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oybek Bozorov Soccerway saytida
  2. Player profile: Oybek Bozorov globalsportsarchive.com. Retrieved 18 September 2021
  3. Oybek Bozorov Soccerway saytida
  4. „В Ташкенте пройдет церемония награждения лучших деятелей футбола за 2021 год“ (ru). Aktualno.uz. 2022-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
  5. Oybek Bozorov National-football-teams.com.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]