Nicholas James „Nick“ Vujicic (talaffuzi: Nikolas Jeyms Nik Voʻychich) (serbcha Николас Џејмс Вујичић, Nikolas Džejms Vujičić) (4-dekabr, 1982) Avstraliyalikserbyevangelist va ruhlantiruvchi notiqdir. Nick Vujicic tetra-amelia sindromi bilan tugʻilgan. Bu kasallik bilan tugʻilganlarda oyoq-qoʻl yoʻq boʻladi. Yosh bolaligida Vujicic aqlan, ruhan va jismonan qiynalgan. Vaqt oʻtishi bilan nogironligiga moslashgan. Oʻn yetti yoshida oʻzining Life Without Limbs (Oyoq-qoʻlsiz hayot) nodavlat tashkilotiga asos solgan. Vujicic dunyo boʻylab ruhlantiruvchi nutqlarni beradi. Nutqlarida nogironlar hayoti, umid va hayotda maʼno topish haqida gapiradi. U yana xudo har qanday yurak orqali oʻz ishlarini qila olishiga va xudo har qanday nogironlikni yengishga qudratli ekanligiga ishonishi haqida gapiradi.