Kontent qismiga oʻtish

Nabi Jaloliddin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nabi Jaloliddin
Tavalludi 2-may 1962-yil (1962-05-02) (62 yosh)
Andijon viloyati Izboskan tumani Jonobod qishlogʻi
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti
Mashhur ishlari

She’riy kitoblar “Yalpizli kecha” (1993) “Hur nido” (1996) “Sen bilan qolmayman” (2002) “Ko‘ngil ozod” (2008) “Endi kuz...” (2014) Nasriy kitoblar “O‘limning rangi” qissasi (1998) “Erkagi bor uy” hikoya va qissalar to‘plami (2005) “Oraliq. Xayyom” romani (2011) “Tegirmon. Cho‘lpon” romani (2018) “Urushning davomi” qissa va roman (2021) "Jallod ayol" (2021) "Onasiz tushlar" (2023) "Cho‘lpon" (2024, ikkinchi nashr)

"Xayyom" (2024, ikkinchi nashr)
Mukofotlari

Nabi Jaloliddin (1962-yil 2-may; Andijon viloyati, Izboskan tumani, Oʻzbekiston SSR) — yozuvchi, jurnalist, shoir, tarjimon, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Shuningdek, „Shuhrat“ medali sohibi (2020). Tarjimon oʻlaroq Albert Camusning „Kaligula“ pyesasi va Vasiliy Shukshinning „Men sizga erk bergani keldim“ romanini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Choʻlpon haqidagi „Tegirmon“ hamda Umar Xayyomga bagʻishlangan „Oraliq (Xayyom)“ romani oʻquvchilari orasida mashhur.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nabi Jaloliddin 1962-yil 2-may kuni Andijon viloyati Izboskan tumani Jonobod qishlogʻida tugʻilgan. Dastlabki taʼlimini tumandagi Toʻrtkoʻl qishlogʻida joylashgan maktab-internatda olgan. 19811983-yillarda Afgʻon urushida ishtirok etgan. Urushdan qaytgach, bir muddat Rossiyaning Tomsk shahrida oʻqib kelgan. Keyin esa hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nabi Jaloliddin XX asrning 90-yillari, yaʼni Toshkentdagi oʻqishi vaqtida jurnalistika sohasidagi oʻz faoliyatini boshlagan. Yozuvchi oʻsha vaqtlarda ancha shov-shuvlarga sabab boʻlgan „Hurriyat“ gazetasi ochilishida ishtirok etgan. Keyinchalik Andijonga qaytib, „Xolis“, „Hissador“, „Andijonnoma“ kabi gazetalarda turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2018-yilda Toshkentda „Bobur va dunyo“ jurnali bosh muharriri boʻlgan, Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIUda muharrirlik qilgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoir oʻlaroq „Yalpizli kecha“ nomli ilk sheʼriy toʻplamini yozgan (1993). Yozuvchi sifatida ilk qissasi „Oʻlimning rangi“ nashrdan chiqqach, yozuvchi Pirimqul Qodirov tomonidan eʼtirof etilgan (1998). Shundan soʻng birin-ketin „Hur nido“ (1996), „Sen bilan qolmayman“ (2002), „Oʻlimning rangi“ (1998), „Erkagi bor uy“ (2005), „Jallod ayol“ (2021), „Onasiz tushlar“ (2023) kabi sheʼriy hamda nasriy asarlari, „Oraliq (Xayyom)“ nomli tarixiy romani[1][2][3], Choʻlponga bagʻishlangan „Tegirmon“ romani nashr etilgan[4][5][6][7]. 2021-yilda chop etilgan „Urushning davomi“ romanida oʻzi ishtirok etgan Afgʻon urushi xotiralari bilan bogʻliq voqealar tasviri aks ettirilgan[8][9].

Bundan tashqari, „Boʻrixon: XX asr sharpalari yoxud toj kiygan oʻgʻriboshilar“, „Biz yashamagan kunlar“ nomli romanlarini ham yozgan.

Keyingi yillarda yozuvchi kino ijodkorlari bilan ham hamkorlikda ish olib bormoqda: „Bolalar“, „Koʻprik“, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan yozilgan „Choʻlpon“ kinossenariylari shular jumlasidandir. Choʻlpon hayoti va ijodiga bagʻishlangan „Choʻlpon: qush esdaligi“ hujjatli filmi ssenariysi mualliflaridan biridir.

Shuningdek, dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Xususan, „Fotihlar dalahovlida“ nomli jiddiy komediya va bolalar uchun „Suvaraklar qasosi“ deb nomlangan yangi fantastik quvnoq pyesani yozgan.

Tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nabi Jaloliddin Albert Camusning „Kaligula“ pyesasini va Vasiliy Shukshinning „Men sizga erk bergani keldim“ romanini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[10].

Bundan tashqari, Sergey Yesenin, Boris Pasternak, Ivan Bunin kabi rus shoirlarining bir qancha sheʼrlarini oʻzbek tiligi oʻgirgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil Nabi Jaloliddin „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Umar Xayyom (Oraliq)“. 2024-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  2. „«Титаник» кемасидаги қимматбаҳо буюм нима эди?“. Ўзбекистон ва дунё янгиликлари, энг сўнгги хабарлар – Zamin.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  3. „Бадиий публицистика кенгашида йил сарҳисоби“. https://yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  4. „Nabi Jaloliddin. Oftob isli bola & Oraliq (Xayyom) | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  5. uz, Kun „2017 йилда Чўлпон таваллудининг 120 йиллиги нишонланади“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  6. „Чўлпон ҳақида ҳужжатли филм суратга олинди (+трейлер)“. Ўзбекистон ва дунё янгиликлари, энг сўнгги хабарлар – Zamin.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  7. „Хайём ҳақидаги романнинг иккинчиси ёзиб тугатилди“ (uz). m.xabaruz.com. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  8. „Учта янги роман китобхонлар нигоҳида“. https://yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  9. uza.uz „Уруш ҳақида ёзилган китоблар тақдимоти ўтказилди“ (uz). Uza.uz (2021-yil 6-may). Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  10. „Alber Kamyu. Kaligula. Nabi Jaloliddin tarjimasi | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  11. uza.uz „Серқирра ижодкор билан учрашув“ (uz). Uza.uz (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-mart.